Senat O‘zbekistonda kredit berishni o‘zini o‘zi taqiqlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi

Qonunda bunday taqiq qo‘yilgan shaxslarni Reyestrga kiritish tartibi va uni buzganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

Senat O‘zbekistonda kredit berishni o‘zini o‘zi taqiqlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi

Senatning to‘rtinchi yalpi majlisida “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga kredit sohasidagi munosabatlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Mazkur Qonun bilan jismoniy shaxslar bilan kredit bitimlarini tuzishga taqiq belgilash va uni olib tashlashga bo‘lgan huquqlar, ularni Kredit bitimi tuzish taqiqlangan shaxslar reyestriga kiritishning tartibi va shartlari, shuningdek, kredit axborotidan foydalanuvchilarning belgilangan taqiqni buzgan holda kredit bitimi tuzganligi uchun javobgarlik belgilanilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Qonunda firibgarlik yo‘li bilan fuqarolarning xabarisiz kredit mablag‘larini ularning nomiga rasmiylashtirish va mazkur kredit mablag‘larini o‘zlashtirish holatlarining oldini olishga qaratilgan mexanizmini yaratishga oid o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish nazarda tutilgan.

Shuningdek, Qonunda fuqaroning kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reyestrida mavjudligi yoki mavjud emasligi, taqiqlash (taqiqni bekor qilish) to‘g‘risidagi arizaning holati haqida axborot olish hamda berishda kredit byurolariga nisbatan huquq va majburiyatlar, ularga nisbatan qo‘llaniladigan choralar va sanksiyalar ham aks ettirilmoqda.

Qonunning qabul qilinishi fuqarolar ishtirokisiz yoki xabarisiz kredit bitimini rasmiylashtirish bilan bog‘liq firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida kredit byurosiga ariza kiritish orqali fuqaro bilan kredit bitimini tuzishni taqiqlash imkonini beradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Aprel oyida Markaziy bankning oltin zaxiralari rekord darajaga — $49,25 mlrdga yetdi
/
Aprel oyida Markaziy bankning oltin zaxiralari rekord darajaga — $49,25 mlrdga yetdi
“TBC Uzbekistan” birinchi chorakda sof foydani 15% ga oshirdi
/
“TBC Uzbekistan” birinchi chorakda sof foydani 15% ga oshirdi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushdi