O’zbekistonlik Alisher Akbarov va Amal Abdullayevlar “Forbes”ning top reytingiga kirdi

Bu ikki tadbirkor BAAda joylashgan “Comfi” platformasi asoschilari

O’zbekistonlik Alisher Akbarov va Amal Abdullayevlar “Forbes”ning top reytingiga kirdi

“Forbes Middle East” nashrining 2024-yilgi “30 Under 30” reytingida Yaqin Sharq va Shimoliy afrikalik 30-yoshgacha bo‘lgan yosh mutaxassislar orasidan o‘zbekistonlik tadbirkorlar Alisher Akbarov va Amal Abdullayevlar ham o’rin oldi. Bu haqda “Forbes Middle East” nashri xabar qildi.

Bu reyting yosh yetakchilarning yutuqlarini tan olish, ularning innovatsiyalarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega.

26 yoshli o‘zbekistonlik Alisher Akbarov va Amal Abdullayevlar BAAda joylashgan “Comfi” platformasining asoschilari hisoblanadi. Ushbu «B2B» platforma kichik va o‘rta bizneslar uchun to‘lov va kreditlash xizmatlarini taklif qiladi. Kompaniya Abu-Dabidagi xususiy oilaviy ofisdan $5 mln qarz mablag‘ jalb qilgan va Sanabil Investments hamda 500 Global’dan $350 ming sarmoya olgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
/
Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
/
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi
/
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi