Qozog‘istonning FlyArystan kompaniyasi Toshkentga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

Parvozlar iyul va avgust oylarida — payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi

Qozog‘istonning FlyArystan kompaniyasi Toshkentga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

15-iyul kuni Toshkentga FlyArystan aviakompaniyasining yangi Atirau – Toshkent – Atirau yo‘nalishi bo‘yicha birinchi reysi yetib keldi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabar berdi.

Samolyot soat 13:50 da qo‘ndi. Bortda 139 nafar yo‘lovchi bor edi.

Mazkur yo‘nalish Qozog‘iston loukosterining xalqaro tarmog‘ini kengaytiradi va Qozog‘iston bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi transport aloqasini yaxshilaydi.

Ushbu reys mamlakatlar o‘rtasidagi ishbilarmonlik, madaniy va sayyohlik aloqalarini mustahkamlaydi. Shuningdek, u FlyArystan’ning Nur-Sulton-Toshkent yo‘nalishini to‘ldirib, Qozog‘istonning g‘arbiy hududlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani ta’minlaydi, — dedi aviakompaniya prezidenti Richard Ledjer.

Parvozlar quyidagicha amalga oshiriladi:

  • iyul va avgust oylarida — payshanba va yakshanba kunlari;
  • sentabr va oktabr oylarida — dushanba, chorshanba va juma kunlari.

Parvoz davomiyligi 2 soat 20 daqiqani tashkil etadi. Reyslarga Airbus A320 samolyotlari xizmat ko‘rsatadi.

FlyArystan — Qozog‘istonning birinchi loukoster aviakompaniyasi bo‘lib, 2019-yildan beri faoliyat yuritmoqda va Air Astana guruhiga kiradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda metan zapravkalari faoliyati vaqtincha cheklandi
/
O‘zbekistonda metan zapravkalari faoliyati vaqtincha cheklandi
“Toshkent” respublika fond birjasining daromadi 2025-yilda 43,1%ga oshdi
/
“Toshkent” respublika fond birjasining daromadi 2025-yilda 43,1%ga oshdi
Namanganda 26 ta dorixona 497 mln so‘mga yaqin asossiz daromad olgan — Raqobat qo‘mitasi
/
Namanganda 26 ta dorixona 497 mln so‘mga yaqin asossiz daromad olgan — Raqobat qo‘mitasi