Malayziyaning “Five Petroleum” kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini tashkil etishni rejalashtirmoqda

Shuningdek, transport-logistika infratuzilmasini birgalikda rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda

Malayziyaning “Five Petroleum” kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini tashkil etishni rejalashtirmoqda

O‘zbekistonda avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini tashkil etish haqidagi loyiha Malayziyaning “Five Petroleum” kompaniyasi rahbari va “O‘zbekneftgaz” raisi Bahodirjon Sidikov o‘rtasidagi muzokaralarda muhokama qilindi. Bu haqda UzA xabar qilmoqda.

Loyihaning asosiy maqsadi O‘zbekistonning yoqilg‘i-energetika sektorini rivojlantirishga ko‘maklashish hisoblanadi. 

Uchrashuv davomida kompaniya bilan transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.

2022-yil iyul oyida O‘zbekiston elchisi Karomiddin G‘oyev va “Five Petroleum” bosh direktori King Lim Chin Fui Toshkent shahrida zamonaviy uskunalarga ega avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini yaratish va keyinchalik uni mamlakatning boshqa hududlariga kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi.

“Five Petroleum” Malaysia 2020-yilda tashkil etilgan bo‘lib, ayni paytda Malayziyada 110 dan ortiq yoqilg‘i quyish shoxobchasini boshqaradi. Shuningdek, kompaniya “BHPetrol” aksiyalarining 60% ulushiga ega bo‘lib, ushbu kompaniya 400 dan ortiq yoqilg‘i quyish shoxobchalarini boshqaradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda kreditorlarning 40%i oyligining yarmini kredit to‘laydi — Markaziy bank
/
O‘zbekistonda kreditorlarning 40%i oyligining yarmini kredit to‘laydi — Markaziy bank
O‘zbekistonda marketpleysda ishlovchi eksportchilardan QQS olinmasligi mumkin
/
O‘zbekistonda marketpleysda ishlovchi eksportchilardan QQS olinmasligi mumkin
“Centrum Air” Novosibirsk va Namangan yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi
/
“Centrum Air” Novosibirsk va Namangan yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi