Markaziy bank yanvar-fevral oylarida 316,1 mlrd so‘mlik kreditni kredit tashkilotlariga qaytargan
Ma’lum qilinishicha, onlayn kredit rasmiylashtirishda firibgarlik aniqlangan

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
2025-yil yanvar va fevral oylarida fuqarolar kredit olishga arizani firibgarlar ta’sirida berib, 48 soat davomida qo‘shimcha tasdiqdan o‘tmaganliklari hamda kredit mablag‘lari sarflanmaganligi sababli jami 316,1 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘lar kredit tashkilotlari hisobiga qaytarildi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.
Markaziy bank tomonidan firibgarlik holatlarini bartaraf etish maqsadida jismoniy shaxslarga onlayn kredit (mikroqarz) ajratishda kredit tashkilotlari 2024-yil 1-noyabrdan – 2025-yilning 1-apreliga qadar amal qiladigan vaqtinchalik tartib belgilangan.
Bugungi kunda vaqtinchalik tartibda belgilangan talablarga muvofiq, 11 ta tijorat banki hamda 1 ta mikromoliya tashkiloti mobil ilovalari orqali fuqarolarga onlayn kredit ajratish yo‘lga qo‘yilgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ