FIFA 2026-yilgi Jahon chempionati uchun $355 mln ajratadi

Bu orqali O‘zbekiston terma jamoasi har bir futbolchi uchun millionlab mablag' oladi

FIFA 2026-yilgi Jahon chempionati uchun $355 mln ajratadi

17-sentabr FIFA 2026-yilgi jahon chempionati uchun to‘lov dasturini kengaytirganini ma’lum qildi. Endi futbolchilarni terma jamoalarga yuborgan klublar nafaqat final bosqichi, balki saralash uchrashuvlari uchun ham mablag‘ oladi.

Umumiy fond $355 mlnni tashkil etadi — bu avvalgi dasturdan qariyb 70% ko‘p. Masalan, 2010-yilda bu miqdor atigi $40 mln bo‘lgan bo‘lsa, 2018 va 2022-yillarda $209 mlnga yetgan edi.

2026-yilda Jahon chempionati ilk bor 48 terma jamoa ishtirokida AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk marta mundialda qatnashadi.

Bu esa o‘zbek futbol klublariga katta moliyaviy imkoniyatlar ochadi, chunki ular terma jamoaga yuborgan futbolchilari uchun FIFA tomonidan to‘lov oladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2026-yildan IT-Park kompaniyalari $500 minggacha xorijiy xizmatlarga to‘lov qilishi mumkin
/
2026-yildan IT-Park kompaniyalari $500 minggacha xorijiy xizmatlarga to‘lov qilishi mumkin
O‘zbekistonda iyenadan tashqari barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda iyenadan tashqari barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
2026-yilda mahalla infratuzilmasi uchun $400 mln ajratiladi
/
2026-yilda mahalla infratuzilmasi uchun $400 mln ajratiladi