O‘zbekiston 2025-yil fevralda ham ikkilamchi avtomobil bozorida faollik pasaydi
Xususan, Onix va Cobalt avtomobillari 2-3% ga arzonlashdi

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2025-yilning fevral oyida ikkilamchi bozordagi avtomobillar narxlarining o‘zgarishi tahlil qilindi.
Joriy yilning fevral oyida mahalliy ommabop avtomobillarning o’rtacha narxi pasaydi.
O‘rtacha va kam foydalanilgan avtomobil narxlari:
- Onix — $13,5 dan $13,1 ga arzonlashdi (-3%), kam foydalanilgan avtomobillar esa $14,86 dan $14,85 ga arzonlashdi (-0,1%);
- Cobalt — $12,3 dan $12,0 ga arzonlashdi (-2,4%), kam foydalanilgan avtomobillar esa $12,75 dan $12,6 ga arzonlashdi (-1,2%);
- Nexia — $11,5 dan $11,28 ga arzonlashdi (-1,9%);
- Spark — $10,5 dan $10,4 ga arzonlashdi (-1%);
- Damas — $7,98 dan $7,0 ga arzonlashdi (-3,6%), kam foydalanilgan avtomobillar esa $8,06 dan $8,0 ga arzonlashdi (0,8%).
Ko‘p foydalanilgan avtomobillar va ularning narxlari:
- Lacetti — $13,5 dan $13,46 ga arzonlashdi (0,3%);
- Cobalt — $11,6 dan $11,5 ga arzonlashdi (0,5%);
- Nexia — $10,8 dan $10,7 ga arzonlashdi (0,9%);
- Spark — $9,6 dan $9,5 ga arzonlashdi (0,9%).
Tracker va Malibu modellarining o‘rtacha foydalanilgan variantlarida narx o‘zgarishsiz qolgan.
Equinox modelining o‘rtacha foydalanilgan variantida narxlar $31,0 dan $32,0 ga qimmatlashdi (+3,2%).
Elektromobil bozorida ham fevral oyida narxlarning tushishi kuzatildi.
BYD E2 modeli yangi holatda 1,8% ga arzonlashib, $16,5 bo‘ldi.
Ko‘p foydalanilgan versiyasi 2,0%ga tushib, $14,5 ga baholandi.
Xuddi shunday pasayish BYD Han, Song Plus DM-i Champion va Song Plus EV Champion modellarida ham kuzatildi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ