Fermerlar faoliyatiga aralashuv uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, mahsulot tanlovi va narx belgilashga aralashgan mansabdorlar javobgarlikka tortiladi

Fermerlar faoliyatiga aralashuv uchun javobgarlik kuchaytiriladi

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 7-oktabr kuni fermerlar va tadbirkorlar faoliyatiga aralashganlik uchun mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Bu haqda parlament quyi palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Deputat Muqaddasxon Ahmedovaning so‘zlariga ko‘ra, fermerlardan yetishtirgan hosilni respublika bo‘ylab erkin realizatsiya qilishda ayrim to‘sqinliklar bo‘lganligi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan. Qonun loyihasida xo‘jalik faoliyatiga aralashganlik, jumladan, tovar va xizmatlarning erkin harakatlanishi hamda sotilishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilash taklif etilmoqda.

Bu maqsadda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241−1-moddasiga (Xususiy mulk huquqini buzish) hamda Jinoyat kodeksining shu nomdagi 192−1-moddasiga qo‘shimchalar kiritish rejalashtirilmoqda. Ushbu moddalarda ma’muriy jazodan keyin qonunbuzarlik takror sodir etilgan taqdirda javobgarlikni kuchaytirish nazarda tutilgan.

Yangi normalar kuchga kirgach, fermerlar va tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilayotgan mahsulot tanlovi, narx belgilash va sotish jarayonlariga aralashgan mansabdor shaxslar javobgarlikka tortiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2030-yilgacha Toshkent metrosi tarmogʻi 100 kmga yetkaziladi
/
2030-yilgacha Toshkent metrosi tarmogʻi 100 kmga yetkaziladi
O‘zbekistonda yirik AES quvvatini 2040-yilgacha 4 GVt ga yetkazish rejalashtirilmoqda
/
O‘zbekistonda yirik AES quvvatini 2040-yilgacha 4 GVt ga yetkazish rejalashtirilmoqda
Namanganda $750 mlnlik China Town Namangan majmuasi qurilishi boshlandi
/
Namanganda $750 mlnlik China Town Namangan majmuasi qurilishi boshlandi