Yaponiya kompaniyasi O‘zbekistonda farmatsevtika zavodini quradi

Sanoat va savdo vazirligi vakillari “Sugi Holdings” preizdenti bilan uchrashdi

Yaponiya kompaniyasi O‘zbekistonda farmatsevtika zavodini quradi

Joriy yilning 9-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Yaponiyaning “Sugi Holdings” kompaniyasi prezidenti Katsunori Sugiura bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“SUGI Holdings” 1976-yilda tashkil topgan. Kompaniya farmatsevtika va tibbiyot kompaniyalari guruhini birlashtiradi. Yaponiyada u 2500 dan ortiq do’kon va 14 ta yirik logistika markazlarini boshqaradi. Kompaniyaning aksiyalari Tokio va Osaka birjalarida joylashgan.

Uchrashuvda kompaniyaning yirik dorixonalar tarmoqlarini boshqarish, tibbiy profilaktika dasturlarini amalga oshirish, yapon tibbiyot mahsulotlarini yetkazib berish borasidagi tajribasidan foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Katsunori Sugiura mamlakatimiz ehtiyojlarini ta’minlash va qoʻshni davlatlar bozorlariga eksport qilish maqsadida Oʻzbekistonda farmatsevtika zavodi qurish loyihasini amalga oshirishga toʻxtalib, strategik hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan manfaatdorligini bildirdi.

Tomonlar ISSV uchun alohida loyiha menejeri tayinlangan holda muhokama qilingan loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelgusida hamkorlikda ishlash boʻyicha kelishuvga erishdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Xitoy, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Turkmanistonni bog‘lovchi transport yo‘nalishi ishga tushirildi
/
Xitoy, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Turkmanistonni bog‘lovchi transport yo‘nalishi ishga tushirildi
Centrum Air Toshkentdan Maldiv orollariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi
/
Centrum Air Toshkentdan Maldiv orollariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi
“AirAsia” Kuala-Lumpur va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
/
“AirAsia” Kuala-Lumpur va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi