Farmatsevtika sohasidagi startap loyihalarni moliyalashtiradigan venchur jamg‘armasi tashkil etiladi  

Farmatsevtika mahsulotlari eksporti hajmini oshirish maqsadida Prezident farmoni imzolandi

Unga ko‘ra, mahalliy ishlab chiqarish korxonalarining dori vositalaridan bittasini AQShning “Food and Drug Administration” (FDA) yoki Yevropa Ittifoqining “European Medicines Agency” (EMA) tashkilotlarida ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarining 100%i ular ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng qoplab beriladi. 

Mahalliy ishlab chiqarish korxonalarining farmatsevtika mahsulotlarini xorijiy davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarining 50%i ular ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng qoplab beriladi.  

Bundan tashqari farmatsevtika sohasining biofarmatsevtika, hujayra texnologiyalari, onkologiya kabi yo‘nalishlardagi startap loyihalarni moliyalashtiradigan venchur jamg‘armasi va Farmatsevtika tarmog‘ining istiqbolli loyihalari investitsiya jamg‘armasi tashkil etiladi. 

2025-yil 1-iyulgacha 5 ta namunaviy dorivor o‘simliklar plantatsiyalari tashkil etiladi va 2026-yil yakunigacha ushbu plantatsiyalarda yetishtirilgan dorivor o‘simliklarni qayta ishlash loyihalari ishga tushiriladi.  

Farmatsevtika korxonalari faoliyatiga ilg‘or standartlarni tatbiq etish bo‘yicha marketing va konsalting xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan “Pharm Service” davlat muassasasi tashkil etiladi.  

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
/
Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM
/
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM