Farg‘ona viloyatiga $3,7 mlrd miqdorida investitsiya jalb qilish rejalashtirilmoqda

Shuningdek, eksportni $1,5 mlrdga yetkazish ko’zda tutilgan

Farg‘ona viloyatiga $3,7 mlrd miqdorida investitsiya jalb qilish rejalashtirilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-dekabr kuni Farg‘ona viloyatining investitsiya va tadbirkorlik muhitini rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezidentga kelgusi rejalar taqdimot qilindi. Unga ko‘ra, viloyatda yaqin yillarda $3,7 mlrd miqdorida investisiya jalb qilish va eksportni $1,5 mlrdga yetkazish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, 500 ming fuqaroning bandligini ta’minlash va 22 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish vazifalari belgilangan.

Viloyatda investisiya va iqtisodiy loyihalarning yirik yo‘nalishlari quyidagicha:

  • Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasi Quvasoy shahri hisobidan 210 gektarga kengaytirdi. Bu hududda $1 mlrdlik 185 loyiha amalga oshiriladi va 12 mingta ish o‘rni yaratish mumkin.
  • Qo‘qonda 71 gektarda texnopark tashkil etilishi birinchi bosqichda $900 mlnlik, 5 ming ishchilik korxonalarga yo‘l ochadi.
  • Xitoylik investorlar bilan $1 mlrdlik, Janubiy Koreya bilan esa $240 mlnlik kelishuvlar imzolangan. Bu loyihalar uchun viloyatning 1,210 ming gektar hududida sanoat zonalari tashkil etiladi va ish o‘rinlari 30 mingtaga oshadi. 

Shuningdek, Beshariq tumanida savdo-logistika markazi qurilmoqda. Markaz erkin savdo zonasiga aylantirilib, viloyat eksportini qo‘shimcha $50 mlnga oshirishi va 2 ming ish o‘rni yaratishi kutilmoqda. Shu kabi majmua Quvasoy shahrida ham tashkil etilishi mumkin.

Qishloq xo‘jaligi sohasida Farg‘ona viloyatida foydalanilmagan 91 ming gektar yerda mahsulot yetishtirish va qayta ishlash hajmini oshirish imkoniyatlari mavjud. Masalan, Oltiariq tumanida 1,400 ming gektar intensiv bog‘lar tashkil etilib, 55 ming tonna eksportbop meva yetishtirish mo‘ljallanmoqda.

Yig‘ilish yakunida Prezident viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish bo‘yicha takliflarni takomillashtirish va eksportchilar uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, bandlikni oshirish va ishsizlikni kamaytirish choralarini kuchaytirish lozimligini ta’kidladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Buyuk Britaniya kompaniyasi “Itransition” ulushlarini sotib olmoqchi
/
Buyuk Britaniya kompaniyasi “Itransition” ulushlarini sotib olmoqchi
O’zbekistonda ishlab chiqaruvchilar uchun yangi ekotizim joriy etiladi
/
O’zbekistonda ishlab chiqaruvchilar uchun yangi ekotizim joriy etiladi
O’zbekistonda rubl va yuandan tashqari barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi
/
O’zbekistonda rubl va yuandan tashqari barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi