28.4.2025 | 12:16
Farg‘onada 1-maydan ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
Xususan, aholi uchun bir metr kub suv narxi 3 448 so‘mdan, oqova suvi esa 728 so‘mdan beriladi

Viloyat hokimligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, 24-aprel kuni Xalq deputatlari viloyat kengashining tegishli qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 1-maydan boshlab narxlar quyidagicha bo‘ladi:
Bir metr kub ichimlik suvi narxi:
- aholi uchun — 3448 so‘m (amalda — 2128 so‘m);
- byudjet va boshqa tashkilotlar uchun — 6944 so‘m (3350 so‘m).
Oqova suvi xizmatiga:
- aholi uchun — 728 so‘m (amalda — 504 so‘m);
- byudjet va boshqa tashkilotlar uchun — 1736 so‘m (870 so‘m).
Bunda, ushbu narxlar QQSni hisobga olgan holda keltirilgan.
Hujjatda qayd etilishicha, yangi narxlarni belgilash ishlab chiqarish va ish haqi xarajatlari o‘sishi bilan izohlanadi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ