O‘zbekistonda eskrou-hisob raqamlariga o‘tish uy-joy narxini oshirishi mumkin

Quruvchilar assotsiatsiyasi raisining fikricha, bu qurilish hajmini kamaytirib, loyihalarni moliyalashtirishni qiyinlashtiradi

O‘zbekistonda eskrou-hisob raqamlariga o‘tish uy-joy narxini oshirishi mumkin

O‘zbekistonda ulushli qurilishda eskrou hisob raqamlariga ommaviy o‘tish uy-joy narxlarining oshishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda 17-iyul kuni Savdo-sanoat palatasi tomonidan qurilish sohasi vakillari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda aytildi.

O‘zbekiston quruvchilar uyushmasi raisi Mansur Niyozmuhamedov eskrou tizimi joriy etilgandan so‘ng, ulushdorlarning mablag‘lari qurilish yakunlanmaguncha muzlatib qo‘yilishi oqibatida, developerlarning aylanma mablag‘lari bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelishi mumkinligini ta’kidladi. Yuqori talab sharoitida bu qurilish hajmining kamayishiga va natijada uy-joy narxlarining ko‘tarilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Yechim sifatida u ulushdorlarning eskrou hisob raqamlariga joylashtirilgan mablag‘laridan quruvchilarga foizsiz yoki past foizli kredit berish uchun foydalanishni taklif etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, developerlar loyihalarni moliyalashtirishning yuqori qiymatidan, ayniqsa rentabellik past bo‘lgan hududlarda, tashvishlanmoqda.

Bundan tashqari, Niyozmuhamedov ta’kidlashicha, garov yoki yetarli daromad bo‘lmagan taqdirda, banklar kredit berishni rad etishlari mumkin. Bu esa qurilishning to‘xtab qolishiga va ish o‘rinlarining qisqarishiga olib kelishi mumkin.

U banklar va quruvchilarni yanada yaqinroq hamkorlik qilishga, jumladan, investitsiya kompaniyalarini tashkil etish yoki banklarning loyihalar kapitalida ishtirok etishi orqali chaqirdi. Aks holda, biznes-rejalarning zaifligi, quruvchilarning tajribasi yetarli emasligi va boshqa xatarlar tufayli moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yilishi mumkin.

O‘zbekistonda 2025-yil 1-iyuldan boshlab ulushli qurilishda eskrou-hisob raqamlaridan foydalanishga o‘tish boshlandi. 2026-yildan boshlab bunday loyihalarni faqat ushbu tizim orqali amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

Ammo iyun oyi o‘rtalarida Qurilining sh va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov eskrou tizimi yangi uy-joylar narxini keskin oshirishi haqidagi xabarlarni rad etgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi tizim ulushli qurilish ishtirokchilarining huquqlarini va uy-joy sotib oluvchilarning mablag‘larini kafolatli himoya qiladi. Ulush kiritish faqat notarial tartibda tasdiqlangan hamda kadastr ro‘yxatidan o‘tkazilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Kadastrdan o‘tkazilgan shartnoma esa ulushdorga, ya’ni xaridorga, talab qilish huquqini beradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Eksportchilar fermerlar uchun imtiyozli moliyalashtirishni taklif qildi
/
Eksportchilar fermerlar uchun imtiyozli moliyalashtirishni taklif qildi
Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopildi
/
Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopildi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun pasaymoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun pasaymoqda