O‘zbekistonda eskirgan liftlarni yangilash va ta’mirlashga qariyb 850 mlrd so‘m yo‘naltiriladi

Shuningdek, “Xavfsiz lift” nomli yagona idoralararo platforma yaratiladi

O‘zbekistonda eskirgan liftlarni yangilash va ta’mirlashga qariyb 850 mlrd so‘m yo‘naltiriladi

O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylarning eskirgan liftlarini modernizatsiya qilish va ta’mirlashga qariyb 850 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab 5,4 mingta ko‘p qavatli uylarda 13,7 mingta lift tekshiruvdan o‘tkazildi. Tekshiruvlar natijasida 2 mingdan ortiq liftning foydalanish muddati allaqachon tugaganligi va ularni almashtirish zarurligi aniqlandi. Yana 382 ta lift ta’mirtalab holatda.

Bundan tashqari, “Xavfsiz lift” nomli yagona idoralararo platforma yaratiladi. Ushbu platforma orqali respublikadagi barcha ko‘p qavatli uylardagi liftlar holati real vaqt rejimida kuzatib boriladi.

Shuningdek, platformada liftlarga texnik xizmat ko‘rsatadigan tashkilotlarning reyestri yuritiladi. Bu yerda ushbu kompaniyalarning liftlarni o‘rnatish va ta’mirlash bo‘yicha ruxsatnomalarga egaligi, ularning amal qilish muddati hamda uskunaga xizmat ko‘rsatadigan mutaxassislar haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.

Mazkur chora-tadbirlar amalga oshirilishi orqali uy-joylardagi liftlarning texnik holatini yaxshilash, avariyalarni oldini olish, aholi uchun xavfsiz sharoitlar yaratish hamda zamonaviy monitoring va dispetcherlik tizimini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yevroittifoqning Rossiyaga qarshi 17 sanksiyalar paketida O‘zbekiston korxonalari ham bor
/
Yevroittifoqning Rossiyaga qarshi 17 sanksiyalar paketida O‘zbekiston korxonalari ham bor
Jahon banki O‘zbekistonga $35 mln imtiyozli kredit ajratadi
/
Jahon banki O‘zbekistonga $35 mln imtiyozli kredit ajratadi
Toshkent viloyatidagi sanoat zonasi boshqaruvi Vengriyaning Inpark operatoriga beriladi
/
Toshkent viloyatidagi sanoat zonasi boshqaruvi Vengriyaning Inpark operatoriga beriladi