O‘zbekistonda eski namunadagi $100 lik banknotlar muomalada 

Markaziy bank ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga izoh berdi

O‘zbekistonda eski namunadagi $100 lik banknotlar muomalada 

O‘zbekiston hududida 2009-yilgacha emissiya qilingan eski namunadagi $100 lik banknotlar banklar tomonidan sotish va sotib olish amaliyotida hech qanday muammosiz qabul qilinmoqda. Bu haqida Markaziy bank rasmiy sahifasida ma’lum qildi. 

Xabarda barcha davlatlarda ushbu banknotlarning qonuniy to‘lov vositasi maqomi o‘zgarmaganligini ta’kidlab o‘tilgan. 

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmaslik, faqat rasmiy manbalarga tayanish tavsiya etiladi. Agar tijorat banklarining valyuta ayirboshlash shoxobchalari tomonidan eski namunadagi $100 lik kupyuralarni qabul qilishda muammolarga duch kelsangiz, Markaziy bankning “Ishonch telefoni” (71 200-00-44) yoki hududiy boshqarmalarga murojaat qilish mumkin.

O‘z navbatida, Markaziy bank bu borada vaziyatni doimiy ravishda kuzatib borishini ma’lum qilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda $5 mingdan ortiq aktivga ega investorlar xorijiy aksiyalarni sotib olishi mumkin bo‘ladi
/
O‘zbekistonda $5 mingdan ortiq aktivga ega investorlar xorijiy aksiyalarni sotib olishi mumkin bo‘ladi
Microsoft servislarida global uzilish yuz berdi
/
Microsoft servislarida global uzilish yuz berdi
O‘zbekistonning 2025-yildagi YIM hajmi qayta hisob-kitoblardan so‘ng $169 mlrdga yetdi
/
O‘zbekistonning 2025-yildagi YIM hajmi qayta hisob-kitoblardan so‘ng $169 mlrdga yetdi