1-iyundan eskirgan avtomobillar utilizatsiya qilinadi

20−25 yildan beri foydalanilayotgan avtomobillarni yangisiga almashtirishda moliyaviy yengillik beriladi

1-iyundan eskirgan avtomobillar utilizatsiya qilinadi

2026-yil uchun davlat dasturi bilan  1-iyundan eskirgan avtomobillarni utilizatsiya qilish va komponentlarini qayta ishlash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Uning doirasida ekspluatatsiya muddati o‘tgan avtomashinalarni qabul qilib oluvchi korxonalar faoliyati tashkil etiladi. Ular aholidan eski avtomobillarni Trade-in dasturi orqali oladi.

Loyiha doirasida eskirgan va atmosferaga zararli tashlanmalar chiqaruvchi 3 mingta avtomashinani qabul qilib olish rejalashtirilmoqda. Bunday avtomobillarni topshirgan fuqarolarni esa rag‘batlantirish, xususan, ularga avtokredit foizining bir qismini qoplab berish ko‘zda tutilgan.

Ushbu topshiriq ijrosi uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda O‘zavtosanoat kompaniyasi mas’ul etib belgilangan.

Shu bilan birga, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Energetika vazirligi hamda O‘zeltexsanoat uyushmasiga joriy yilning 1-sentabrigacha texnika va uskunalarni utilizatsiya qilishning milliy tizimini joriy etish to‘g‘risidagi prezident qarori loyihasini ishlab chiqish topshirildi.

Loyihada foydalanish muddati o‘tgan transport vositalari, maishiy va boshqa elektrotexnika buyumlari hamda quyosh panellarini utilizatsiya qilish tizimini joriy qilish uchun davlat utilizatsiya dasturini ishlab chiqish belgilanadi.

20−25 yil davomida foydalanilgan eski transport vositalarini zamonaviy xavfsizlik va ekologiya talablariga javob beradigan avtomobillarga almashtirishni rag‘batlantirish choralari ishlab chiqiladi. Yangi avtomobil xaridida fuqarolarga chegirmalar, soliq imtiyozi va boshqa moliyaviy yengilliklar ko‘zda tutiladi.

Bundan tashqari, dastur eskirgan panellar, texnika buyumlarini qabul qilish punktlari tarmog‘ini tashkil etish orqali qayta ishlash uchun yaxlit infratuzilmani yaratishni nazarda tutadi. Shu bilan birga, elektron qurilmalarni utilizatsiya qilish mexanizmlarini qonun darajasida belgilash hamda ehtiyot qismlarini qayta ishlash zanjirini tashkil etish belgilangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Prezident kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha Respublika kengashi tarkibini tasdiqladi
/
Prezident kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha Respublika kengashi tarkibini tasdiqladi
“Toshkent” fond birjasi xorijiy aksiyalar uchun savdo maydonchalarini tashkil etadi
/
“Toshkent” fond birjasi xorijiy aksiyalar uchun savdo maydonchalarini tashkil etadi
O‘zbekiston davlat qarzi 2025-yilda $46,85 mlrdga yetdi
/
O‘zbekiston davlat qarzi 2025-yilda $46,85 mlrdga yetdi