13-iyun kuni Toshkentda bir necha yo‘nalish parvozlari bekor qilindi
Xususan, Eron havo hududi yopilgani sababli Toshkent—Jidda va Toshkent—Dubay yo‘nalishidagi reyslar qaytarilgan

Фото: Пресс-служба Uzbekistan Airports
Eron havo hududi yopilgani sabab 13-iyunda Toshkentdan uchadigan bir nechta reyslar bekor qilindi.
“Uzbekistan Airports” matbuot xizmatining xabar berishicha, bular:
-
“Fly Dubai” aviakompaniyasining Dubay—Toshkent—Dubay yo‘nalishi bo‘yicha FZ-1945/1946 reyslari;
-
“Air Arabia” aviakompaniyasining Sharja—Toshkent—Sharja yo‘nalishi bo‘yicha G9-270/271 reyslari;
-
“Asia Union” aviakompaniyasining Toshkent—Madina—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 7Q-141/142 reyslari.
Eron havo hududi yopilgani sabab shu kuni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Toshkent—Jidda yo‘nalishidagi HY5343 reysi, “Fly Dubai” aviakompaniyasining Toshkent—Dubay yo‘nalishidagi FZ1942 reysi Toshkentga qaytishga majbur bo‘lgandi.
“Air Cairo” aviakompaniyasining Olmaota—Sharm ash-Shayx yo‘nalishi bo‘yicha SM882 reysi va “Qatar Airways” aviakompaniyasining Seul—Doha yo‘nalishi bo‘yicha QR8985 reysi Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘ndi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ