Navoiy va Toshkent viloyatlarida elektr energiyasini saqlash majmualari barpo etiladi

Loyihalarni Masdar va Xitoyning Eaglerise Development kompaniyalari amalga oshiradi

Navoiy va Toshkent viloyatlarida elektr energiyasini saqlash majmualari barpo etiladi

Shavkat Mirziyoyev elektr energiyasini saqlash tizimlarini yaratish bo‘yicha ikki investitsiya loyihasini tasdiqladi. Bu haqda Adliya vazirligining huquqiy axborot kanali xabar berdi.

Akkumulyator majmualari Navoiy va Toshkent viloyatlarida quriladi. Loyihalarning asosiy investorlaridan biri Abu Dhabi Future Energy Company — Masdar, ikkinchisi esa Xitoyning Eaglerise Development HK Company Ltd hisoblanadi.

Navoiy viloyatida barpo etiladigan tizimning quvvati 300 MVt, energiya saqlash sig‘imi esa 600 MVt·soatni tashkil etadi. Toshkent viloyatining Zangiota tumanida quriladigan majmua quvvati 150 MVt, sig‘imi esa 300 MVt·soat bo‘ladi. Ushbu loyihag $180 mln miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalarni jalb etiladi.

Har ikki majmua investorlar tomonidan tashkil etiladigan maxsus loyiha kompaniyalari tomonidan boshqariladi. Ushbu kompaniyalar tizimlarning belgilangan hajmdagi elektr energiyasini barqaror yetkazib berishga tayyorligini ta’minlash uchun mas’ul bo‘ladi.

Loyihalar doirasida akkumulyator majmualaridan tashqari, ularni yagona elektr tarmog‘iga ulash uchun podstansiyalar va elektr uzatish liniyalari ham quriladi. Ishga tushirilgach, obyektlar “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” davlat kompaniyasiga topshiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Soliq tekshiruvlarini videoga olish tartibi tasdiqlandi
/
Soliq tekshiruvlarini videoga olish tartibi tasdiqlandi
Top-100 xorijiy OTM bitiruvchilariga 880 mln so‘mdan ortiq ipoteka beriladi
/
Top-100 xorijiy OTM bitiruvchilariga 880 mln so‘mdan ortiq ipoteka beriladi
JCh-2026 muxlislari uchun AQShga FIFA PASS vizasini olish tartibi e’lon qilindi
/
JCh-2026 muxlislari uchun AQShga FIFA PASS vizasini olish tartibi e’lon qilindi