O‘zbekistondagi rossiyaliklarga elektron imzo olish imkoniyati yaratiladi
Sertifikat berish jarayonlari sinov tarzida 1-noyabrda boshlanib 2025-yil oxirigacha davom etadi

Joriy yilning 23-oktyabr kuni Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin xorijdagi rossiyaliklarning elektron raqamli imzosini (EDS) tekshirish uchun zarur boʻlgan sertifikatlarni berish qoidalarini tasdiqladi.
Ushbu elektron raqamli imzo kalitini tasdiqlash sertifikatlari Davlat xizmatlari portalidagi bir qator xizmatlardan foydalanish, jumladan, mehnat va fuqarolik-huquqiy shartnomalarni rasmiylashtirish uchun talab qilinadi.
Jarayon sinov tariqasida 1-noyabrdan boshlanib, 2025-yil dekabr oyi oxirigacha davom etadi. Rossiyaliklar Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda masofadan turib sertifikat olishlari mumkin bo‘ladi.
Qozog‘iston va O‘zbekistonda sertifikatlar olish uchun arizalar “Rossotrudnichestvo” vakolatxonalarida, Armaniston va Qirg‘izistonda esa Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida tashkil etilgan “Tahlil markazi” aksiyadorlik jamiyatining idoralari ochiladi.
Sertifikatlarni identifikatsiya qilish va berish jarayoni shaxsan amalga oshiriladi, agar fuqaroda haqiqiy sertifikat yoki biometrik pasport bo’lsa, onlayn identifikatsiya qilish mumkin. Hujjatlarning haqiqiyligini va ma’lumotlarning ishonchliligini tekshirish Rossiyadagi sertifikatlashtirish markazi tomonidan amalga oshiriladi, ular sertifikat fayllarini xavfsiz aloqa kanali orqali uzatadi.
2025-yilning 1-oktyabriga qadar Tashqi ishlar vazirligi hukumatga eksperiment bo‘yicha oraliq hisobot taqdim etadi, uning natijalariga ko‘ra ushbu xizmatni ko‘rsatishni davom ettirish va uni boshqa mamlakatlarga kengaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ