O‘zbekistonda elektromobillarni quvvatlash tariflari o‘zgarmoqda

Tungi vaqtda quvvatlash stansiyalari uchun elektr narxiga 50% chegirma beriladi

O‘zbekistonda elektromobillarni quvvatlash tariflari o‘zgarmoqda

O‘zbekistonda elektromobillarni quvvatlash tariflari kunning vaqtiga qarab farqlanadi. Bu haqida Energetika vazirligi rasmiy sahifasida ma’lum qildi

Xabarga ko‘ra, quvvatlash stansiyalari egalari soat 22:00 dan 06:00 gacha bo‘lgan tungi vaqtda elektr energiyasi uchun 50% chegirma olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ammo yuqori iste’mol soatlarida, xususan, soat 06:00 dan 10:00 gacha va 17:00 dan 22:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida tariflar oshiriladi.

Shuningdek, standartlarga javob bermagan stansiyalar demontaj qilinmoqda, chunki ular elektr uzilishlariga va quvvatlash sifatining pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Hozirda mamlakatdagi zaryadlash stansiyalarining atigi 10% i standartlarga mos keladi. 

Bundan tashqari, Energetika vazirligi elektromobillardan foydalanishni osonlashtirish va zaryadlash stansiyalarining ishini standartlashtirishga qaratilgan yangi qoidalar ishlab chiqmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonliklar uchun “Work and Travel” doirasida ish taklif qilinmoqda
/
O‘zbekistonliklar uchun “Work and Travel” doirasida ish taklif qilinmoqda
O‘zbekistonda “ijtimoiy karta” tizimini joriy etildi
/
O‘zbekistonda “ijtimoiy karta” tizimini joriy etildi
Toshkentdagi yirik yer uchastkasi 10 daqiqada sotildi
/
Toshkentdagi yirik yer uchastkasi 10 daqiqada sotildi