Kelgusi besh yilda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”ga $4 mlrdlik investitsiya kiritish rejalashtirilmoqda

Shuningdek, 2030-yilda mamlakatga 117 mlrd kilovatt soat elektr energiyasi kerak bo‘ladi

Kelgusi besh yilda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”ga $4 mlrdlik investitsiya kiritish rejalashtirilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-yanvar kuni elektr energetikasini 2025-2035-yillarda rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Unda aytilishicha, 2030-yilga borib, mamlakat aholisi 41 mlnga yetishi, iqtisodiyotimiz esa 1,5 karra o‘sishi kutilayapti. Shunga mutanosib ravishda, sanoatda $45 mlrdlik qo‘shilgan qiymat yaratish, xizmatlar hajmini 3 baravar oshirish, yirik Ma’lumotlar markazlarini ishga tushirish ko‘zda tutilgan.

Buning uchun, avvalo, barqaror elektr ta’minoti zarur. Hisob-kitobga ko‘ra, 2030-yilda 117 mlrd kilovatt soat, 2035-yilda esa 135 mlrd kilovatt soat elektr energiyasi talab etiladi. Ko‘rsatkich hozirgisidan 1,7 baravar ko‘p.

Yangi elektr stansiyalari va energiya saqlash quvvatlarini tizimga ulash uchun 7 ming kilometr magistral tarmoq qurilib, raqamlashtirilgan boshqaruv joriy qilinadi. Bu orqali hududlarda energiya balansi ta’minlanadi. Bir viloyatda elektr yetishmovchiligi bo‘lsa, boshqa joyda qo‘shimcha quvvatlar ishga tushiriladi. Bu ishlar uchun kelgusi besh yilda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”ga $4 mlrdlik investitsiya kiritish talab etiladi.

Yana bir muhim masala – elektr energiyasining tannarxini pasaytirish. Buning omili muqobil manbalarni ko‘paytirishdir. Shundan kelib chiqib, 2030-yilga borib jami generatsiyada “yashil” energiya ulushini 50% dan oshirish ko‘zda tutilgan. Jumladan, 3 mingta mikroGESda 164 megavatt, quyosh va shamol qurilmalari hisobiga 750 megavatt quvvatlarni ishga tushirish rejalashtirilgan.

Xususan, sanoatda energiya samaradorlik orqali qo‘shimcha 27% yalpi ichki mahsulot yaratish imkoniyati bor. Hozir kimyo va metallurgiya bo‘yicha ayrim mahalliy korxonalarda energiya sarfi dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan 2 karra, sement ishlab chiqarishda esa 1,2 barobar yuqori.

Shu bois, har bir tarmoq kesimida energiyani 10-15% iqtisod qilish, 2030-yilda elektr energiyasi yo‘qotishlarini hozirgi 14% dan 8-9% gacha tushirish vazifa qilib olinmoqda.

Xorijiy investorlar bilan yana $26 mlrdlik 24 gigavattli loyihalar bo‘yicha ishlar boshlangan. Ularga ko‘p miqdorda uskuna va qurilish materiallari ishlatiladi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Payme” AJ ustun mavqega ega raqamli platforma operatori sifatida tan olindi
/
“Payme” AJ ustun mavqega ega raqamli platforma operatori sifatida tan olindi
2024-yilda O‘zbekistondan rossiyalik ishchilarga 57,2 mingta taklif yuborilgan
/
2024-yilda O‘zbekistondan rossiyalik ishchilarga 57,2 mingta taklif yuborilgan
2024-yilning so‘nggi 3 oyida pul bozorida jami 1,3 mingta operatsiyalar amalga oshirildi
/
2024-yilning so‘nggi 3 oyida pul bozorida jami 1,3 mingta operatsiyalar amalga oshirildi