ACWA Power O’zbekistonda $1,1 mlrdlik elektr energiyalarini saqlash bo’yicha loyihani amalga oshiradi

Loyiha quvvati 2000 MVt⋅soat bo’ladi

ACWA Power O’zbekistonda $1,1 mlrdlik elektr energiyalarini saqlash bo’yicha loyihani amalga oshiradi

Energetika vazirligi va Saudiyaning “ACWA Power” kompaniyasi O‘zbekistonda elektr energiyasini saqlash tizimlarini qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko’ra, elektr energiyasini saqlash tizimlarining quvvati 2000 MVt⋅soatni tashkil etadi va loyiha qiymati $1,1 mlrdga baholanmoqda. Loyiha doirasida butun respublika bo‘ylab yagona energiya tizimida tadqiqotlari o‘tkaziladi hamda natijalar asosida hududlar tanlanib, elektr energiyasini saqlash tizimlari bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, loyiha qurilishi davrida 1000dan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi.

Bundan oldin, BAA kompaniyasi Navoiyda 1000 megavattlik shamol elektr stansiyasini qurishi haqida xabar berilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda dollar kursi qatorasiga ikkinchi kun ko‘tarilmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi qatorasiga ikkinchi kun ko‘tarilmoqda
Sirdaryodagi “River Med Pharm” korxonasida inyeksiya uchun eritmalar va kapsulalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
/
Sirdaryodagi “River Med Pharm” korxonasida inyeksiya uchun eritmalar va kapsulalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun 2 trln so‘m ajratiladi
/
O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun 2 trln so‘m ajratiladi