“Hyundai Rotem” O’zbekistonda elektropoyezdlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Tomonlar ishlab chiqarish hududlarini ko‘zdan kechirishga kelishdilar

“Hyundai Rotem” O’zbekistonda elektropoyezdlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Janubiy Koreyaning “Hyundai Rotem” kompaniyasi O’zbekistonda elektropoyezdlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishni  rejalashtirmoqda. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Transport vazirining o’rinbosari Jasurbek Choriyev “Hyundai Rotem” kompaniyasining “Global Rail Group” rahbari Kvak Chol Xun boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Ikkala tomon zamonaviy elektropoyezdlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihasini muhokama qilindi.

Shuningdek, Janubiy Koreyaning “KORAIL” kompaniyasidan bugungi kunda ekspluatatsiya qilinayotgan elektropoyezdlar turini mahalliylashtirish orqali ishlab chiqarish taklif borasida taqdimot bo’lib o’tdi.

Ushbu elektropoyezdlarning asosiy texnik xususiyatlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Muhokama yakunida tomonlar loyiha bo‘yicha yangi imkoniyatlarni o‘rganish, takliflarni tahlil qilish hamda yangi ishlab chiqarish hududlarini ko‘zdan kechirishga kelishdilar.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Uzbekistan Airways” ikkita Airbus A321neo samolyotini sotib oladi
/
“Uzbekistan Airways” ikkita Airbus A321neo samolyotini sotib oladi
O‘zbekistonda tibbiy xizmatlarning narxi pasaytirilishi bilan 80 mlrd so‘m tejaldi
/
O‘zbekistonda tibbiy xizmatlarning narxi pasaytirilishi bilan 80 mlrd so‘m tejaldi
Markaziy bank muddatli to‘lovlar bozorini davlat tomonidan tartibga solishni taklif qildi
/
Markaziy bank muddatli to‘lovlar bozorini davlat tomonidan tartibga solishni taklif qildi