ISSV va Xitoy Eksport-import banki o‘rtasida $500 mlnga teng miqdorda qarz shartnomasi imzolandi

Bankning mamlakatdagi loyihalari qiymati $3,2 mlrdga yetgan

ISSV va Xitoy Eksport-import banki o‘rtasida $500 mlnga teng miqdorda qarz shartnomasi imzolandi

21-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Xitoy Eksport-import banki Boshqaruvi raisi Chen Xuayyuy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida amaldagi kelishuvlar ijrosi va yangi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik istiqbollari, jumladan, gidroenergetika obyektlari qurilishi, qishloq xo‘jaligi sohasining barqaror rivojlanishiga va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilishga xizmat qiluvchi loyihalar muhokama qilindi.

2002-yildan buyon Xitoy Eksimbanki bilan hamkorlikda umumiy qiymati $3,2 mlrdga teng bo‘lgan 51 ta loyiha amalga oshirildi. Ular zamonaviy infratuzilma qurilishi, “yashil” energetika, transport, qishloq va suv xo‘jaligi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarni qamrab olgan. Ayni paytda $1,9 mlrd qiymatidagi 2 loyiha amalga oshirilmoqda, $2,2 mlrd miqdoridagi 13 loyiha esa ko‘rib chiqilmoqda.

Uchrashuv yakunida telekommunikatsiya sohasida $500 mlnga teng miqdorda qarz shartnomasi imzolandi. ISSV rahbari Laziz Kudratov loyiha tezkor va samarali amalga oshirilishining muhimligini ta’kidlab, IT sohasidagi loyihalarni Eksimbank tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi ijobiy natijalar berishiga ishonch bildirdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda kuryerlarning ish tartibi tasdiqlandi
/
O‘zbekistonda kuryerlarning ish tartibi tasdiqlandi
O‘zbekistonda bir necha bloger qimor o‘yinlarini reklama qilgani uchun javobgarlikka tortildi
/
O‘zbekistonda bir necha bloger qimor o‘yinlarini reklama qilgani uchun javobgarlikka tortildi
Avstriyaning “AME” International kompaniyasi Qo‘qon shahrida bolalar tibbiyot markazini quradi
/
Avstriyaning “AME” International kompaniyasi Qo‘qon shahrida bolalar tibbiyot markazini quradi