O’zbekiston ECMTga qo’shilish choralarini ko’rmoqda

Ruxsatnoma orqali 43ta davlat bilan avtomobil orqali yuk tashish imkoniyatiga ega bo’lish mumkin

O’zbekiston ECMTga qo’shilish choralarini ko’rmoqda

Joriy yilning 10-oktabr kuni o’tkazilgan uchrashuvda Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi direktori Bekzod Xolmatov O‘zbekistonni ECMTga (European Conference of Ministers of Transport) qo‘shilishining muhimligi va “Sifat Xartiyasi” talablariga qay darajada mos kelishi bo‘yicha taqdimot qildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.

O‘zbekiston ECMTning ko‘p tomonlama ruxsatnomalar tizimiga qo‘shilishi a’zolikdagi 43ta davlat bilan avtomobil orqali yuk tashishda kerak bo’ladigan ko‘p tomonlama ruxsatnomalar asosida ikki tomonlama va tranzit tashishlarni amalga oshirish imkonini qo’lga kiritadi.

Taqdimotda Xalqaro transport forumi, Xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi, Turkiya va Daniya davlatlari O‘zbekistonning ruxsatnomalar tizimiga kirishini qo‘llab-quvvatladi.

Natijada, O‘zbekistonni ECMTning “Sifat Xartiyasi” talablariga mosligi masalasi Xalqaro transport forumi ekspertlari tomonidan ko’rib chiqiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

IFC O‘zbekiston va Qirg‘iziston kichik bizneslar uchun $10 mln ajratadi
/
IFC O‘zbekiston va Qirg‘iziston kichik bizneslar uchun $10 mln ajratadi
Fitch O‘zbekistondagi yettita davlat banki reytingi bo‘yicha prognozni yaxshiladi
/
Fitch O‘zbekistondagi yettita davlat banki reytingi bo‘yicha prognozni yaxshiladi
O‘zbekiston Rossiyadan gaz importini 11 mlrd kub metrgacha oshiradi
/
O‘zbekiston Rossiyadan gaz importini 11 mlrd kub metrgacha oshiradi