Pavel Durov Qozog‘istonda sun’iy intellekt laboratoriyasi ochishini e’lon qildi

Loyiha doirasida Telegram va mamlakat hukumati birgalikda blokcheyn va neyrotarmoqlarni birlashtiruvchi texnologiyani ishlab chiqadi

Pavel Durov Qozog‘istonda sun’iy intellekt laboratoriyasi ochishini e’lon qildi

Telegram asoschisi Pavel Durov Qozog‘iston superkompyuter klasteri bilan hamkorlikdagi loyiha va mamlakatda sun’iy intellekt laboratoriyasini ochish rejalarini ma’lum qildi. Bu haqda u Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Digital Bridge 2025 xalqaro texnologik forumida so‘zlab berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha Qozog‘iston Sun’iy intellekt vazirligi ko‘magida amalga oshirilmoqda va u blokcheyn hamda neyrotarmoqlarni birlashtiruvchi texnologiyani yaratish bo‘yicha bir necha oylik ishlar natijasidir. Yangi tizim 1 mlrddan ortiq foydalanuvchiga markazlashmagan hisoblash tarmog‘i yordamida ishlab chiqariladigan sun’iy intellekt funksiyalaridan foydalanish imkonini beradi. Bu esa yuqori darajadagi maxfiylik va shaffoflikni ta’minlaydi. Avvalambor, mazkur texnologiyadan Telegram ichidagi mini-ilovalar foydalana boshlaydi.

Durov eslatib o‘tdiki, bundan bir yil avval Qozog‘istonda messenjerning birinchi mintaqaviy vakolatxonasi ochilgan edi. Hamkorlikning yangi bosqichi doirasida Alem.ai binosida sun’iy intellekt bo‘yicha maxsus laboratoriya tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, u Qozog‘iston superkompyuter klasteri yangi tizim uchun asosiy hisoblash quvvatlari yetkazib beruvchisiga aylanishiga umid bildirdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi