Deport qilingan fuqarolarga 2 yil davomida xorijga chiqish pasporti berilmaydi

2025-yil 1-sentabrdan boshlab bunday fuqarolar haqidagi ma’lumotlar Migratsiya agentligining yagona elektron bazasida yuritiladi

Deport qilingan fuqarolarga 2 yil davomida xorijga chiqish pasporti berilmaydi

O‘zbekistonning xalqaro shartnomalariga muvofiq readmissiya qilingan fuqarolarga 2 yil davomida xorijga chiqish biometrik pasportini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilmaydi. Bu haqda hukumat qarori tasdiqlandi.

Bunda readmissiya qilingan fuqarolarga chet elga chiqishi uchun biometrik pasporti rasmiylashtirib beriladigan istisno holatlar O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.

Readmissiya qilingan shaxslar  —  O‘zbekiston va boshqa davlatlar o‘rtasidagi xalqaro kelishuvlar asosida, o‘z ixtiyori bilan yoki majburiy ravishda O‘zbekistonga qaytarilgan fuqarolar. Agar biror o‘zbekistonlik fuqaro chet elda noqonuniy qolgan, vizasi tugagan, deportatsiya qilingan shaxs O‘zbekiston tomonidan qabul qilinadi — bu jarayon readmissiya deb ataladi.

2025-yil 1-sentabrdan boshlab Migratsiya agentligi tomonidan xorijiy davlatning qonunchilik hujjatlarini buzishi natijasida deportatsiya qilingan, shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro nufuziga va obro‘-e’tiboriga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi xatti-harakatlarni sodir etgan fuqarolarga doir ma’lumotlar Migratsiya jarayonlariga doir ma’lumotlarning yagona elektron bazasi orqali yuritiladi.

Yagona ma’lumotlar bazasiga elektron reyestr sifatida quyidagilar kiritiladi:

  • O‘zbekiston TIV tomonidan xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalaridan olingan ma’lumotlar;
  • O‘zbekiston IIV tomonidan xalqaro shartnomalarga muvofiq readmissiya qilingan shaxslar haqidagi ma’lumotlar;
  • Migratsiya agentligi va uning xorijdagi vakolatxonalaridan (vakillaridan) olingan ma’lumotlar.

Hujjatga ko‘ra, chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida xorijiy davlatning qonunchilik hujjatlarini buzishi natijasida deportatsiya qilingan fuqarolarga quyidagi ta’sir choralari qo‘llanadi:

  • deportatsiya qilingan fuqaro Migratsiya jamg‘armasi hisobidan qaytarilganda, qaytarish xarajatlarni ushbu fuqarodan undirib olinadi;
  • Migratsiya jamg‘armasi hisobidan taqdim etilgan subsidiya va kompensatsiya summalarini qaytarib undiriladi;
  • bir yilgacha muddat davomida rivojlangan davlatlarga tashkillashtirilgan tarzda ishga yuborish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilmaydi;

Shuningdek, tashkillashtirilgan tarzda chet elga ishga yuborish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomada shartnoma shartlari bajarilmagani uchun jarima va uchinchi shaxslar kafilligi belgilanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Farg‘onada “Tulpor” traktorlari ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi
/
Farg‘onada “Tulpor” traktorlari ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi
“Manchester Siti” egasi O‘zbekiston futbol klubini sotib olishi mumkin
/
“Manchester Siti” egasi O‘zbekiston futbol klubini sotib olishi mumkin
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi