Dekabrda aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya 12,0%ni tashkil etdi

Eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilib, meva-sabzavot va yoqilg‘i narxlari eng ko‘p oshgan sohalar bo‘ldi

Dekabrda aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya 12,0%ni tashkil etdi

Dekabrda aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi o‘tgan oyga nisbatan 0,2% bandga oshib, 12,0% ni tashkil etdi. Shunga qaramay, 2025-yil boshidan buyon aholi orasida sezilgan inflyatsiya ko‘rsatkichi 2% banddan ortiqqa pasaydi. Bu Markaziy banki tomonidan aholi orasida sezilgan inflyatsiya bo‘yicha har oy o‘tkazilayotgan so‘rovnoma natijalaridan kelib chiqadi.

Eng yuqori narx o‘sishi Toshkent shahrida sezildi — 14,3%. Keyingi o‘rinlarda Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari — mos ravishda 14,1% va 13,8%. Sezilgan inflyatsiyaning eng past ko‘rsatkichi Xorazm (10,4%), Samarqand (10,6%) va Jizzax viloyatlarida (10,9%) qayd etildi.

марказий банк, sezilgan inflyatsiya

Aholi tomonidan sezilgan inflyatsiyaning eng yuqori ko‘rsatkichi ilm-fan va ta’lim sohasi vakillari (13,2%), pensionerlar (13,1%) hamda ishlab chiqarish sohasi xodimlari (13%) tomonidan qayd etilgan. Ayni paytda, maishiy xizmat ko‘rsatish sohasi (10,3%), talabalar (10,7%) va kafe-restoran xizmatlarini ko‘rsatish sohasi vakillari (11%) bo‘yicha ko‘rsatkichlar nisbatan past.

Meva-sabzavotlar, yoqilg‘i va tashish xizmatlari eng ko‘p qimmatlashdi

Dekabr oyida eng ko‘p respondentlar benzin va yoqilg‘i, meva-sabzavotlar, yo‘lkira va tashish xizmatlari eng ko‘p qimmatlashganini qayd etdi. Shuningdek, kafe va restoran xizmatlari, tuxum, shakar va qandolat mahsulotlari oshganini qayd etgan respondentlar ulushi nisbatan ko‘paydi.

марказий банк, sezilgan inflyatsiya

Go‘sht va sut mahsulotlari narxlari oshganini qayd etgan respondentlar o‘tgan oyga nisbatan kamaydi, shunga qaramay, ularning ulushi yuqoriligicha qolmoqda. Ayni paytda dori-darmonlar narxi oshgani sezilganini bildirgan respondentlar soni kamaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda oltinning 5 grammli quymasi narxi 9 mln so‘mdan oshdi
/
O‘zbekistonda oltinning 5 grammli quymasi narxi 9 mln so‘mdan oshdi
Raqobat qo‘mitasi propan narxining oshishiga munosabat bildirdi
/
Raqobat qo‘mitasi propan narxining oshishiga munosabat bildirdi
Markaziy bank: 2025-yilda O‘zbekistonda 37 ta mikromoliya tashkiloti va bitta bank ish boshladi
/
Markaziy bank: 2025-yilda O‘zbekistonda 37 ta mikromoliya tashkiloti va bitta bank ish boshladi