2026-yilda O‘zbekistonda davlat xizmatlarining 70% raqamlashtiriladi

IT xizmatlari miqdorini 100 trln so‘mga yetkazish rejalashtirilgan

2026-yilda O‘zbekistonda davlat xizmatlarining 70% raqamlashtiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-iyul kuni raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va telekommunikatsiya sohalaridagi rejalar taqdimoti bilan tanishdi.

So‘nggi yillarda IT-park rezidentlari soni 2,8 mingtaga, xorijiy kompaniyalar 752 taga yetdi. IT sohasida 40 ming nafar yosh ishlamoqda. Soha eksporti $170 mln dan $1 mlrd ga yaqinlashdi. Internet tezligi 7, mobil internet 4,5 barobar oshdi. Startaplarga $70 mln sarmoya kiritildi. O‘zbekiston “Global startaplar indeksi”da 12, sun’iy intellekt indeksida 17 pog‘onaga ko‘tarilib, mintaqada yetakchilik qildi.

Kelgusi yilda davlat xizmatlarini raqamlashtirishni 70% ga, IT xizmatlari miqdorini 100 trln so‘mga yetkazish rejalashtirilgan. “Elektron hukumat rivojlanish indeksi”da kamida 55-o‘ringa ko‘tarilish maqsad qilingan.

Davlatimiz rahbari endi keyingi “Raqamli hukumat” bosqichiga o‘tish vaqti kelganini ta’kidladi. Buni, eng avvalo, aholi eng ko‘p murojaat qiladigan ta’lim, tibbiyot, qurilish va kommunal sohalardan boshlash kerakligi aytildi.

O‘zbekiston Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi qaroriga muvofiq, Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi qabul qilingan edi. Bu sohada infratuzilmani yaxshilashga $50 mln ajratildi. Sun’iy intellekt milliy modelini yaratib, 1 mln nafar mutaxassis tayyorlash vazifasi belgilangan.

Raqamli texnologiyalar vaziri buni amalga oshirish bosqichlari, infratuzilmani yaxshilash tadbirlari haqida axborot berdi.

IT xizmatlari va eksport hajmining asosiy ulushi Toshkent hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Shu sababli barcha hududlarda jozibador muhit yaratib, xorijiy kompaniyalarni jalb etish zarurligi ta’kidlandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
/
Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
/
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi
/
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi