Besh yil davomida davlat xizmatlarining 40% ulushi xususiy sektorga o‘tkaziladi

Kompozit va proaktiv davlat xizmatlari soni kamida 400 taga yetkazilishi rejalashtirilmoqda

Besh yil davomida davlat xizmatlarining 40% ulushi xususiy sektorga o‘tkaziladi

Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan “O‘zbekiston–2030” strategiyasi loyihasida aholiga qulay va tezkor davlat xizmatlarini ko‘rsatish, jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish hamda ortiqcha hujjatbozlikni qisqartirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar belgilandi.

Loyihaga ko‘ra, 2030-yilga qadar O‘zbekiston BMTning elektron hukumatni rivojlantirish reytingida TOP-30 davlatlar qatoridan joy olishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, davlat xizmatlarining 90% dan ortig‘i elektron shaklda taqdim etilishi rejalashtirilmoqda.

Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida “Xalq nazorati” portali mamlakatning barcha hududlarida 100% joriy etiladi. Bundan tashqari, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning 50% i faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etilishi belgilangan.

Strategiyada davlat xizmatlarining yangi formatlari ham nazarda tutilgan. Xususan, kompozit va proaktiv davlat xizmatlari soni kamida 400 taga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Raqamlashtirish doirasida mavjud 40 mln hujjatdan 25 mln tasi elektron shaklga o‘tkaziladi. Shu bilan birga, “Raqamli hukumat” yagona platformasiga ulangan servislar soni 700 taga yetkazilib, hujjatlar va idoralararo munosabatlar to‘liq raqamli formatga o‘tkaziladi.

Davlat xizmatlarining sifati va tezkorligini oshirish uchun 100 dan ortiq xizmat ko‘rsatish muddati 50% ga qisqartiriladi, yana 500 ga yaqin xizmat bo‘yicha tartib-taomillar soddalashtiriladi. Shuningdek, davlat xizmatlarining 40%i xususiy sektorga topshirilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, arxivlar sohasidagi davlat xizmatlari soni ham kengaytirilib, ularni 14 taga yetkazish belgilangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonlik shaxmatchilar 2025-yil yakunlariga ko‘ra eng ko‘p daromad topgan TOP-10 talikka kirdi
/
O‘zbekistonlik shaxmatchilar 2025-yil yakunlariga ko‘ra eng ko‘p daromad topgan TOP-10 talikka kirdi
Markaziy bank to‘lov tashkilotlari uchun kiberxavfsizlik talablari kuchaytirilganini ma’lum qildi
/
Markaziy bank to‘lov tashkilotlari uchun kiberxavfsizlik talablari kuchaytirilganini ma’lum qildi
2025-yilda O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi $43,1 mlrdga yetdi
/
2025-yilda O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi $43,1 mlrdga yetdi