O‘zbekiston va Qozog‘iston to‘rtta yangi chegara postida kichik yuk mashinalari harakatiga ruxsat beradi

Bu esa mavjud punktlardagi yuklamani kamaytirib, savdoni 2030-yilgacha $10 mlrdgacha oshirishga xizmat qiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston to‘rtta yangi chegara postida kichik yuk mashinalari harakatiga ruxsat beradi

Olmaotada O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi raisi Akmal Mavlonovning Qozog‘iston Davlat daromadlari qo‘mitasi rahbari Jakap Duysembiyev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar 2030-yilga borib o‘zaro savdo hajmini $10 mlrdga yetkazish dasturini amalga oshirishni muhokama qildi.

Buning uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun “yashil yo‘lak” joriy etish, O‘zbekiston chegara postlarida “Elektron navbat” tizimini bosqichma-bosqich ishga tushirish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Oq oltin – Selinniy va Malik – Sirdaryo yangi yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘sh va kichik hajmli yuk mashinalari harakati tashkil etiladi. Bu Yallama, Najimov, Sirdaryo bekatlariga yuklamani kamaytirib, yuk o‘tishini tezlashtiradi.

Shuningdek, bojxona tuzilmalari o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvini kengaytirish, jumladan, yuklarni skanerlash va yengil avtomobillar harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, bojxona xizmatlari vakolatxonalarini tashkil etish va savdo statistikasidagi nomuvofiqliklarni bartaraf etish bo‘yicha birgalikda ishlash masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, o‘tkazish punktlarini modernizatsiya qilish, G‘ishtko‘prik va Dovud otadagi ishlarni yakunlash hamda Sirdaryo postini to‘liq rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.

Uchrashuv yakunida bojxona hamkorligini rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab beradigan uchta hujjat imzolandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda bank kartalari soni 63,7 mln donaga yetdi
/
O‘zbekistonda bank kartalari soni 63,7 mln donaga yetdi
2025-yil 1-iyuldan ayrim shifokorlarga 25% dan 100% gacha ustama to‘lanadi
/
2025-yil 1-iyuldan ayrim shifokorlarga 25% dan 100% gacha ustama to‘lanadi
Vengriyaning IT kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
/
Vengriyaning IT kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi