DABA Xivadagi 2 ta mehmonxona va UZ CHASYS ning davlat ulushini sotish muddatini uzaytirdi
Ta’kidlanishicha, “Xiv

Davaktiv agentligi tomonidan “Xiva Plaza” MChJ (“Farovon Khiva Hotel” mehmonxonasi), “Xiva Lokomotiv” MChJ (“Khiva Lokomotiv Hotel” mehmonxonasi) va “UZ CHASYS” MChJlar ustav kapitalidagi davlat ulushlarini ochiq savdo jarayonlari uzaytirildi.
Ushbu Aktivlarni xususiylashtirish jarayonini xalqaro tajriba asosida amalga oshirish maqsadida, Xivadagi mehmonxonalar uchun “RSM Uzbekistan” va “UZ CHASYS” MChJ uchun “Portfolio Investments” kompaniyalari xususiylashtirish boʻyicha Konsultant sifatida jalb etilgan.
Bugunga qadar “Xiva Plaza” MChJ boʻyicha 2 nafar, “Xiva Lokomotiv” MChJ boʻyicha 5 nafar, “UZ CHASYS” MChJ boʻyicha 2 nafar talabgorlar savdo jarayonlarining Majburiyatga ega boʻlgan takliflarniqabul qilish bosqichiga oʻtkazilgan.
Belgilangan muddatlarda “Xiva Lokomotiv” MChJ va “UZ CHASYS” MChJlarning har biri boʻyicha 2 nafar talabgorlardan Majburiyatga ega boʻlgan takliflar qabul qilindi hamda “Xiva Plaza” MChJ boʻyicha takliflar kelib tushmadi. Konsultantlarning tahliliga asosan qabul qilingan takliflar Aktivlarning sotilishi mumkin boʻlgan bozor qiymatdan past boʻlganligini inobatga olib, sotish jarayonlari Aktivni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish bosqichidan davom ettirish boʻyicha taklif berildi.
Shunga koʻra, Davaktiv agentligi barcha manfaatdor tomonlar va salohiyatli investorlarga Aktivlarni ustav kapitalidagi davlat ulushlarini xususiylashtirish jarayonining Aktivni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (Expression of Interest) bosqichi muddati 2025-yil 26-may kuni soat 23:59 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirilganligini maʼlum qiladi.
Shu bilan birga, avvalgi chop etilgan Aktivlarni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish bosqichi boshlanganligi toʻgʻrisidagi eʼlonlarning qolgan barcha bandlari oʻzgarishsiz qolmoqda.
Davaktiv agentligi xususiylashtirish jarayonlarining har bir bosqichi toʻgʻrisida jamoatchilikni qoʻshimcha tarzda xabardor qilib borilishini taʼminlaydi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ