O‘zbekiston 2024-yilda davlat tashqi qarzi $40,2 mlrdga yetgan

Bu respublika yalpi ichki mahsulotining 35% qismiga teng

O‘zbekiston 2024-yilda davlat tashqi qarzi $40,2 mlrdga yetgan

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024-yildagi davlat qarzi miqdorini maʼlum qildi. Qayd etilishicha, 2024-yil IV choragi yakunida davlat qarzi $40,2 mlrdga yetgan. Bu respublika yalpi ichki mahsulotining 35% qismiga teng.

Davlat kafolati ostida olingan kreditlarning $33,7 mlrd ( yoki 84% qismi) tashqi qarz bo‘lib, shundan $17,9 mlrd qatʼiy belgilangan foiz stavkada jalb qilingan. Qolgan $15,64 mlrd o‘zgaruvchan foiz stavkalarda olingan. Biroq qarz tarkibi sharhlanmagan, kreditlar necha foizdan jalb qilingani ochiqlanmagan.

Ichki qarz miqdori $6,5 mlrdga yaqinlashgan (yil boshida $5,9 mlrd bo‘lgan). Shundan $5,1 mlrd qatʼiy belgilangan foiz stavkada olingan. Shu bilan birga, $1,2 mlrd foizsiz jalb qilingan.

Oxirgi besh yilda davlat qarzi miqdorlari quyidagicha o‘zgardi:

  • 2019-yilda — $17,8 mlrd;
  • 2020-yilda — $23,4 mlrd;
  • 2021-yilda — $26,3 mlrd;
  • 2022-yilda — $29,2 mlrd;
  • 2023-yilda — $34,9 mlrd.

Vazirlik ekspertlari so‘zlariga ko‘ra, oxirgi paytlarda yapon iyenasining sezilarli qadrsizlanishi O‘zbekiston tashqi qarzini $250 mlnga kamaytirgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi