O‘zbekiston 2028-yilgacha eng yirik davlat korxonalarining IPO va SPO dasturini joylashtiradi

12 ta kompaniya qatorida NKMK 2026-yil yakuniga qadar sotilishi belgilangan

O‘zbekiston 2028-yilgacha eng yirik davlat korxonalarining IPO va SPO dasturini joylashtiradi

Avval xabar berilganidek, Prezident farmoni bilan 29 ta davlat ishtirokidagi yirik korxona ustav kapitalidagi aksiyalar paketini nufuzli xalqaro professional konsultantlarni jalb qilgan holda ommaviy savdolarga chiqariladi. 

Bundan tashqari, 12 ta davlat ishtirokidagi yirik korxona ustav kapitalidagi aksiyalar paketining xalqaro va mahalliy fond bozorlarida birlamchi (IPO) va (yoki) ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifini o‘tkaziladi. 

Qaysi kompaniyalar qachon sotuvga chiqadi:

Kompaniyalar Sotiladigan davlat ulushi (%) Format Sotuv boshlanishi
1 Navoiy kon-metallurgiya kombinati 10–15 IPO 2025-yilning ikkinchi yarmi
2 O‘zb. Milliy investitsiya fondi 25 IPO 2026-yilning birinchi yarmi
3 Navoiyuran 10–15 IPO 2026-yilning ikkinchi yarmi
4 Uzbekistan Airways 15–20 IPO 2026-yilning ikkinchi yarmi
5 Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 10–15 IPO 2027-yilning birinchi yarmi
6 O‘zb. milliy elektr tarmoqlari 10–20 IPO 2027-yilning birinchi yarmi
7 Uztelecom 10–15 SPO 2027-yilning ikkinchi yarmi
8 gidroenergo 15–20 IPO 2027-yilning ikkinchi yarmi
9 Hududiy elektr tarmoqlari 20–25 IPO 2028-yilning birinchi yarmi
10 O‘ztransgaz 15–20 IPO 2028-yilning birinchi yarmi
11 Uzbekistan Airports 15–20 IPO 2028-yilning birinchi yarmi
12 Hududgazta’minot 15–20 IPO 2028-yilning ikkinchi yarmi

2025-yil 1-iyulgacha Energetika vazirligining yoqilg‘i yetkazib berishning eng kam miqdori bo‘yicha kafolati asosida xalqaro bozorda issiqlik elektr stansiyalarining ochiq ommaviy savdolarini e’lon qiladi.

Shuningdek, 2025-yil 1-dekabrga qadar 2030-yilgacha davlat korxonalarini isloh qilish va xususiylashtirish strategiyasi ishlab chiqilishi ta’minlanadi.

Milliy investitsiya jamg‘armasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Uning IPOsi, shuningdek, u ulushga ega bo‘lgan kompaniyalardagi paketlarni sotish Franklin Templeton Asset Management bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Ushbu xalqaro investitsiya kompaniyasi bilan aktivlarni ishonchli boshqarish to‘g‘risida kelishuv imzolangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Toshkent–Andijon” avtomagistralini qurish uchun arizalar berish muddati 21-maygacha uzaytirildi
/
“Toshkent–Andijon” avtomagistralini qurish uchun arizalar berish muddati 21-maygacha uzaytirildi
O‘zbekistonda dollar kursi to‘rt kunlik pasayishdan so‘ng oshdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi to‘rt kunlik pasayishdan so‘ng oshdi
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $17 mlrddan oshdi
/
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $17 mlrddan oshdi