O‘zbekistonning 15 ta hududida davlat idoralari bitta binoga ko‘chiriladi

Bo‘shagan 150 ta bino tadbirkorlarga auksion orqali beriladi

O‘zbekistonning 15 ta hududida davlat idoralari bitta binoga ko‘chiriladi

Avvalroq Shavkat Mirziyoyevning kichik va o‘rta biznes vakillari bilan sohani rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvi o‘tkazilayotgani haqida xabar berilgandi.

Ta’kidlanishicha, yangi tizim joriy qilinib, 15 ta tuman va shaharda barcha davlat idoralari tumanlar markazidagi bitta ko‘p qavatli binoga ko‘chiriladi. Yangi binolarning 1−2-qavatlari tadbirkorlarga sotiladi. Bu tumanlarda davlat idoralaridan bo‘shaydigan 150 ta bino auksionda tadbirkorlarga taklif qilinadi.

Yuqori texnologiyali mahsulot yaratadigan tadbirkorlarga 10 ming kv.metrgacha bo‘lgan davlat obyektlari 5 yilga bepul ijaraga beriladi.

Shuningdek, joriy yil kichik va o‘rta biznes loyihalari infratuzilmasiga ajratilishi belgilangan 1 trln so‘mga qo‘shimcha 500 mlrd so‘m ajratiladi.

Yil davomida 30 ming gektar yerlar yangi tizim asosida savdoga chiqariladi. 

Yaqinda ochilgan “Uzagrostar xolding” kompaniyasi tashkil qilindi. Holding kompaniya tarkibida 9 ta bank meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 16 ta kompaniya ochdi.

Bu kompaniyalar har bir viloyatda meva-sabzavotni qayta ishlaydigan agrosanoat kompleksini quradi. Bunga dastlabki bosqichda yana 200 mlrd so‘m beriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Aprel oyida Markaziy bankning oltin zaxiralari rekord darajaga — $49,25 mlrdga yetdi
/
Aprel oyida Markaziy bankning oltin zaxiralari rekord darajaga — $49,25 mlrdga yetdi
“TBC Uzbekistan” birinchi chorakda sof foydani 15% ga oshirdi
/
“TBC Uzbekistan” birinchi chorakda sof foydani 15% ga oshirdi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushdi