“UzAuto Motors” “Chevrolet Cobalt” va “Chevrolet Cobalt Midnight” mashinalariga shartnoma ochilishini e’lon qildi

Arizalarni 7-yanvardan boshlab yuborish mumkin

“UzAuto Motors” “Chevrolet Cobalt” va “Chevrolet Cobalt Midnight” mashinalariga shartnoma ochilishini e’lon qildi

“UzAuto Motors” 7-yanvar soat 10:00 dan boshlab “Chevrolet Cobalt” va “Chevrolet Cobalt Midnight” avtomobillarining kontraktatsiyasi boshlanishini e’lon qildi.

“Chevrolet Cobalt” va “Chevrolet Cobalt Midnight” sotib olish boyicha shartnomalar faqat savdo.uzavtosanoat.uz veb-sayti orqali onlayn tarzda tuzilishi mumkin. Telegram bot va “UzAvtosavdo” ilovasi faqat navbatni kuzatish va avtomobillar mavjudligi haqida ma’lumot olish uchun ishlatiladi.

Eslatib o’tamiz, avtomobil narxlari ozgarishsiz qolmoqda. “Cobalt GX-Style at Plus” narxi  —147,9 mln so’m, “Cobalt Midnight” narxi esa — 155,2 mln so’m.

Shuningdek, avtomobillarni sotib olish boyicha tuzilgan shartnomalar boyicha tolov yetti kalendar kun ichida amalga oshirilishi kerak.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Maldiv hukumati xorijiy investorlar uchun yashash guvohnomasi dasturini e’lon qildi
/
Maldiv hukumati xorijiy investorlar uchun yashash guvohnomasi dasturini e’lon qildi
Alisher Usmonovning dividend daromadi $1,2 mlrdga yetdi
/
Alisher Usmonovning dividend daromadi $1,2 mlrdga yetdi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi