“Click”ning sof foydasi 37,5%ga oshdi

Kompaniyaning sof tushumlari esa 420 mlrddan ortiqni tashkil etdi

“Click”ning sof foydasi 37,5%ga oshdi

Joriy yilning 9 oyi davomida “Click” to‘lov tizimi 179,2 mlrd so‘mdan ortiq sof foyda ko‘rdi. Bu ko‘rsatkich o’tgan yilning shu davriga nisbatan 37,5%ga ko‘p. Bu haqda “Kapital.uz”ga kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

“Click” aktivlari yil boshidan beri 18,5 mlrd so‘mga oshib, 266,8 mlrd so‘mni tashkil etgan. Kompaniyaning jami kapitali esa 49,7%ga o‘sib, 109,3 mlrd so‘mga yetgan.

Kompaniya sof tushumlari 2023-yilga nisbatan 35%ga yuqorilab, qariyb 421 mlrd so‘mni tashkil etgan. Yalpi foyda 37%ga ko’payib 397 mlrd so‘mni qayd etgan.

Shuningdek, kompaniya xarajatlari 225,1 mlrd so‘mgacha ortgan. Uning asosiy qismi realizatsiya xarajatlaridan (148 mlrd so‘m), qolgan chiqimlar ma’muriy (39 mlrd so‘m) hamda boshqa operatsion xarajatlardan iborat (37 mlrd so‘m).

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Sirdaryodagi “River Med Pharm” korxonasida inyeksiya uchun eritmalar va kapsulalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
/
Sirdaryodagi “River Med Pharm” korxonasida inyeksiya uchun eritmalar va kapsulalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun 2 trln so‘m ajratiladi
/
O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun 2 trln so‘m ajratiladi
Markaziy bank moliyaviy muassasalarga o‘smirlarning mobil ilovalardan foydalanishini ta’minlashni topshirdi
/
Markaziy bank moliyaviy muassasalarga o‘smirlarning mobil ilovalardan foydalanishini ta’minlashni topshirdi