“Click” va “Halyk Bank” strategik sheriklik doirasida o‘z ulushlarini almashdi

Qozog‘iston banki “Click” dan $176 mln evaziga 49%, “Click” aksiyadorlari esa “Tenge Bank”dan $60 mln evaziga 49% oladi

“Click” va “Halyk Bank” strategik sheriklik doirasida o‘z ulushlarini almashdi

“Click” to‘lov tashkiloti va Qozog‘istonning “Halyk Bank” moliyaviy guruhi hamkorlik shartnomasini imzolaganini e’lon qildi.

Bitim shartlariga ko‘ra, “Halyk Bank” “Click” kompaniyasining 49% lik ulushini $176,4 mlnga sotib oladi. O‘z navbatida, “Click” aksiyadorlari “Halyk Bank” ning O‘zbekistondagi sho‘ba banki — “Tenge Bank” ning 49% aksiyalarini $60,76 mlnga xarid qiladi. Ikkala tomon ham mustaqil yuridik shaxs maqomini saqlab qoladi.

“Click” va “Tenge Bank” o‘z faoliyatlarini odatdagidek davom ettiradi. Barcha mijozlarga avvalgi shartlar asosida xizmat ko‘rsatiladi, amaldagi shartnomalar kuchda qoladi, kompaniyalarning barcha majburiyatlari to‘liq hajmda va belgilangan muddatlarda bajariladi.

Ushbu hamkorlik raqamli moliyaviy xizmatlar sohasidagi qo‘shma loyihalarni rivojlantirishga qaratilgan.“Click” O‘zbekistonda 20 mlndan ortiq foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatadi. Tenge Bank esa raqamli yechimlarga e’tibor qaratgan holda chakana va korporativ bank xizmatlarini taqdim etadi.

Kelishuv doirasida “Tenge Bank” mahsulotlarini “Click” ekotizimiga qo‘shish rejalashtirilgan bo‘lib, bu jismoniy shaxslar va tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. “Click” ning 70 mingdan ortiq hamkor xizmatlari “Tenge Bank” xizmatlaridan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.

Bitim ikki davlat qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. Tomonlar hujjatlarni tartibga soluvchi organlarga taqdim etgan va belgilangan tartibda kelishuvlar yakunlanishini kutmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi