“Agalarov Development” Chorvoqdagi loyihaning ekologik xavflari haqidagi xavotirlarga javob berdi

Kompaniya chiqindi suvlar suv omboriga tashlanmasligini, qurilish esa ekologik ekspertizadan o‘tkazilgandan keyingina boshlanishini ma’lum qildi

“Agalarov Development” Chorvoqdagi loyihaning ekologik xavflari haqidagi xavotirlarga javob berdi

Sea Breeze Uzbekistan to‘rt fasl kurorti loyihasi ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi — foydalanuvchilar uning Chorvoq suv omboriga va Toshkent shahrining suv ta’minotiga zarar yetkazishi mumkinligidan xavotirda.

Bunga javoban, “Agalarov Development” Chorvoqqa oqova suvlar oqizilmasligini, barcha oqovalar tozalanishini va qurilish ishlari faqat ekologiya idoralari bilan kelishilgandan so‘nggina boshlanishini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, hozircha suv ombori qirg‘og‘ida kurort qurilishi olib borilmayapti. Ayni paytda faqat tayyorgarlik ishlari — hududni tozalash va chiqindilarni olib chiqish amalga oshirilmoqda. Barcha qurilish ishlari davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilgandan va tegishli idoralardan ruxsat olingandan keyingina boshlanishi mumkin.

“Agalarov Development” xabar qilishicha, majmuadan chiqqan oqova suvlar suv omboriga tushmasligi ta’minlanadi. Barcha oqovalarni Toshkent shahrini ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan suv olish nuqtasidan quyiroqda joylashgan tozalash inshootlariga yo‘naltirish rejalashtirilgan. Chorvoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri oqova suvlarni tashlash ko‘zda tutilmagan bo‘lib, belgilangan talablarga rioya etilishi davlat tuzilmalari tomonidan nazorat qilinadi.

Kompaniya ma’lum qilishicha, ishlab chiqilayotgan loyiha yechimlari Ekologiya vazirligi, shuningdek Toshkent viloyati va Bo‘stonliq tumani tegishli idoralariga kelishish uchun taqdim etiladi.

Bundan tashqari, “Agalarov Development” loyihani muhokama qilishga mahalliy me’morlar, muhandislar va jamoatchilik vakillarini jalb etishni rejalashtirmoqda. Ayniqsa, ekologik jihatlarga, jumladan oqova suvlarni chiqarish va tozalash tizimiga alohida e’tibor qaratiladi.

Ko‘rib chiqilayotgan variantlardan biri kurortni Chorvoq qirg‘og‘idagi bir qator sayyohlik obyektlari foydalanayotgan mavjud kanalizatsiya tarmog‘iga ulashdir. Ushbu tizim oqova suvlarni suv olish inshootidan pastroqda joylashgan Chirchiq tozalash inshootlariga yo‘naltiradi.

Biz tozalash inshootlarini modernizatsiya qilish zarurligini tushunamiz va ularni kengaytirishda ishtirok etishga tayyormiz. Tozalangan suvning asosiy qismi sug‘orish va boshqa xo‘jalik ehtiyojlari uchun qayta foydalaniladi, — deya ta’kidlashdi kompaniya vakillari.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkent markazida $175 mlnlik ikki minorali osmono‘par bino qurish taklif qilinmoqda
/
Toshkent markazida $175 mlnlik ikki minorali osmono‘par bino qurish taklif qilinmoqda
Farg‘ona chegara postlarida 24 soatlik ish tartibi joriy etildi
/
Farg‘ona chegara postlarida 24 soatlik ish tartibi joriy etildi
Isroilda xorijiy fuqarolarning vizasi avtomatik uzaytirildi
/
Isroilda xorijiy fuqarolarning vizasi avtomatik uzaytirildi