Ozarbayjonlik tadbirkor Emin Agalarov Chorvoqda sayyohlik markazi qurmoqchi
Markaz dam olish, cho‘milish va sport maskanlari, mehmonxonalar, kottejlar va turar-joy majmualarini birlashtiradi
Фото: Пресс-служба президента
Ozarbayjonlik ishbilarmon Emin Agalarov xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda Chorvoqda “Sea Breeze Uzbekistan” xalqaro turizm markazini barpo etishni rejalashtirmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha, 16-dekabr kuni loyiha taqdimoti bilan tanishdi.
Matbout xizmatining xabariga ko’ra, loyihada dam olish, cho‘milish va sport maskanlari, mehmonxonalar, kottejlar, turar joylar bo‘ladi. Xalqaro brendlarning do‘konlari, restoran va xizmat shoxobchalari ochiladi.
Shuningdek, turli festivallar, konsertlar va boshqa madaniy tadbirlar o‘tkaziladi. Ikki qirg‘oq o‘rtasida ko‘prik qurilib, keluvchilarga qulaylik oshiriladi. Kelajakda o‘ziga xos turizm xabiga aylanib, unda yil davomida dam olish va yashash mumkin bo‘ladi.
Avvalroq Kapital.uz Bo‘stonliq tumaniga 11 oyda 12 mln turist tashrif buyurgani, bu natija besh yil oldingi natijadan 12 barobarga ko‘pligi haqida yozgan edi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ