“Chorsu” mehmonxonasi o‘rnida ko‘p tarmoqli majmua quriladi

Loyihaga kiritiladigan investitsiyalar $100 mlndan oshadi

“Chorsu” mehmonxonasi o‘rnida ko‘p tarmoqli majmua quriladi

InterContinental Tashkent mehmonxonasida o‘tkazilgan taqdimotda Manar Development kompaniyasi Chorsu by Manar loyihasini taqdim etdi. Bu haqda Kapital.uz muxbiri xabar berdi.

Majmua eski “Chorsu” mehmonxonasi o‘rnida quriladi. Uning qurilishiga $100 mln dan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi, eski binoni buzish esa $3 mln ga tushdi.

Ko‘p funksiyali majmua qurilishi dekabr oyida boshlanishi va rejalarga ko‘ra 3,5 yilda yakunlanishi kutilmoqda.

 

Majmuaning umumiy maydoni 100 ming kvadrat metrdan ortiqni tashkil etadi. Unda quyidagilar joylashadi:

  • 38,3 ming kv. m turar joy;
  • 14 ming kv. m ofis maydonlari;
  • 20 ming kv. m savdo nuqtalari;
  • 20,6 ming kv. m jamoat maydonlari.

Manar Development bosh direktori Davron Fayzimatovning so‘zlariga ko‘ra, loyiha ishlab chiqishda jamoa uch asosiy tamoyilga tayanadi. Birinchisi — shaharsozlik qadriyati, ya’ni binolar shaharning tarixiy konteksti bilan uyg‘unlashishi kerak. Ikkinchisi — qulay va obod turmush muhitini yaratish. Uchinchi tamoyil — ekologiya va innovatsiyalar bo‘lib, ular energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutadi.

Loyihaning me’moriy konsepsiyasini Sergey Choban ishlab chiqqan. U ta’kidlashicha, loyiha hududning tarixiy tuzilishini saqlab qolgan holda yangi shahar maydonini shakllantirishga qaratilgan. Asosiy g‘oya — mehmonxona, turar joy, ofis va jamoat hududlari bir butun ansambl sifatida uyg‘un faoliyat yuritishi. Beruniy ko‘chasi bo‘ylab turar-joy va ishbilarmonlik binolari yorug‘ ohangda, naqshli bezaklar va modernizm elementlari bilan joylashtirilishi rejalashtirilgan.

Loyiha taqdimoti SHARE Uzbekistan 2025 xalqaro me’morchilik konferensiyasi doirasida bo‘lib o‘tdi. Unda Manar Development asosiy hamkorlardan biri sifatida qatnashdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2028-yilga qadar to‘qimachilik korxonalari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1% etib belgilandi
/
2028-yilga qadar to‘qimachilik korxonalari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1% etib belgilandi
O‘zbekiston OTMlarining 2025/2026 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi
/
O‘zbekiston OTMlarining 2025/2026 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi
O‘zbekistonda oltin quymalari narxi rekord darajada qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda oltin quymalari narxi rekord darajada qimmatlashdi