O‘zbekiston banklarida “chiroyli” karta raqamini tanlash xizmati yo‘lga qo‘yildi

Mijozlar endi esda qoladigan “oltin” raqamlar uchun 300 mingdan 10 mln so‘mgacha to‘lov qiladi

O‘zbekiston banklarida “chiroyli” karta raqamini tanlash xizmati yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekistonning ayrim tijorat banklari mijozlarga plastik kartalar uchun “chiroyli” yoki esda qoladigan raqam kombinatsiyalarini tanlash imkoniyatini taqdim eta boshladi.

Xususan, “O‘zsanoatqurilishbank” UzCard Sherdor kartalarini chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Mazkur mahsulot kundalik to‘lovlar bilan birga hamkorlik imtiyozlari va sayohat bonuslarini ham o‘z ichiga oladi. Karta rasmiylashtirish jarayonida bank bo‘limlari yoki SQB Mobile ilovasi orqali raqamni tanlash imkoniyati mavjud.

Shuningdek, Apex Bank ham “oltin” raqamlar xizmatini joriy etgan bo‘lib, mijozlarga esda qoladigan kombinatsiyalarni sotib olish taklif qilinmoqda. Bunda takrorlanuvchi (1111, 7777), oynaviy (1221, 3443) yoki ketma-ket (1234, 5678) raqamlar, shuningdek, texnik imkoniyat bo‘lsa, individual variantlar ham tanlanishi mumkin.

Xizmat narxi tanlangan raqam toifasiga qarab belgilanadi:

  • BRONZE — 300 ming so‘m;
  • SILVER — 500 ming so‘m;
  • GOLD — 1 mln so‘m;
  • PLATINUM — 3 mln so‘m;
  • ULTRA — 10 mln so‘m.

Raqamni tanlash bank mobil ilovalari orqali mustaqil amalga oshiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

OSON Ostona xalqaro moliya markazidan dastlabki rozilikni oldi
/
OSON Ostona xalqaro moliya markazidan dastlabki rozilikni oldi
Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo’lini Turkiya qadar uzaytirish taklif qilindi
/
Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo’lini Turkiya qadar uzaytirish taklif qilindi
SOCAR O‘zbekistondan neftni Qora dengiz orqali tranzit qilishni yo‘lga qo‘ydi
/
SOCAR O‘zbekistondan neftni Qora dengiz orqali tranzit qilishni yo‘lga qo‘ydi