O‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqamlar uchun qat’iy narxlar belgilandi

To‘lov miqdori jismoniy shaxslar uchun 7 mln so‘m, yuridik shaxslar uchun esa 10,3 mln so‘mni tashkil etadi

O‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqamlar uchun qat’iy narxlar belgilandi

Safe Road ilovasi orqali yangi xizmat — davlat avtoraqamlarini xarid qilish imkoniyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda ilovaning Telegram kanalida xabar qilindi. Bular auksionga qo‘yilib, sotilmay qolgan 1−3-toifadagi davlat raqami belgilari bo‘lib, ular Uzavtomotobelgi davlat unitar korxonasi tomonidan belgilangan yagona oshirilgan to‘lov evaziga beriladi

Qayd etilishicha, avtoraqam xarid qilish jarayoni oddiy bo‘lib, avval ma’qul raqam tanlanadi, so‘ng onlayn to‘lov qilinadi.

Shu bilan birga, bir vaqtning o‘zida foydalanuvchilar oqimi katta bo‘lgani sababli YHXX tizimida nosozliklar kuzatilishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan.

Hozirda ilova orqali avtoraqamlarni sotib olish xizmati test rejimida ishlamoqda. Safe Road’ga kirgach “Xizmatlar” bo‘limida “Avtoraqam sotib olish” xizmati mavjud. Unda jismoniy va yuridik shaxslar alohida oynalar orqali avtomobil raqamlarini izlashi mumkin.

Foydalanuvchi hudud, ma’qul avtoraqam, raqam formati (gorizontal, kvadrat), avtomobilning dvigatel turini tanlashi kerak. Undan keyin “Qidiruv” tugmasini bosgach, natijalar kelib chiqadi.

To‘lov miqdori jismoniy shaxslar uchun BHMning 17 baravari (7 mln so‘m), yuridik shaxslar uchun esa BHMning 25 baravari (10,3 mln so‘m)ni tashkil etadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mikromoliya tashkilotlari 66% holatda kreditlarni onlayn ajratmoqda
/
Mikromoliya tashkilotlari 66% holatda kreditlarni onlayn ajratmoqda
O‘zbekistonda kam ta’minlangan oilalarga kredit berish qoidalari tasdiqlandi
/
O‘zbekistonda kam ta’minlangan oilalarga kredit berish qoidalari tasdiqlandi
Markaziy bank uchta bankka 2,5 mlrd so‘m jarima soldi
/
Markaziy bank uchta bankka 2,5 mlrd so‘m jarima soldi