Toshkent viloyatida $120 mln evaziga chiqindini qayta ishlash zavodi quriladi

Bu haqda Xitoy kompaniyasi bilan memorandum imzolangan

Toshkent viloyatida $120 mln evaziga chiqindini qayta ishlash zavodi quriladi

Yangiyo‘l shahrida qiymati $120 mln bo‘lgan chiqindini qayta ishlash zavodi qurilishi rejalashtirilgan. Loyiha ishga tushsa, kuniga 800 tonna chiqindi yoqish orqali ishlaydigan elektr stantsiyasi aholiga xizmat koʼrsatishni boshlaydi. 

Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi va Xitoyning Beijing China sciences runyu environmental technology co ltd kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur loyihani kelgusida yanada kengaytirib, kunlik quvvatini 4 ming tonna chiqindini zararsiz yoqish, elektr energiyasi ishlab chiqarish koʼzda tutilmoqda. Yaratilayotgan ish oʼrni 150 nafardan ortiq. Stantsiya toʼliq quvvat bilan ishga tushganida, sarmoyaviy miqdori $400 mlnga yetishi kutilmoqda.

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzaev boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining poytaxti Pekin shahridagi muzokaralardan so‘ng, kunning ikkinchi yarmida Аnxoy provintsiyasi Xefey shahriga joʼnab ketishgan. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Dunyo bozorida oltin narxi keskin oshdi
/
Dunyo bozorida oltin narxi keskin oshdi
Asadulla Qayumov “O‘zRTXB” ga boshqaruv raisi etib tayinlandi
/
Asadulla Qayumov “O‘zRTXB” ga boshqaruv raisi etib tayinlandi
O‘zbekistonda 1-maydan boshlab fuqarolar uchun bojsiz tovarlar olib kirish chegaralari pasayadi
/
O‘zbekistonda 1-maydan boshlab fuqarolar uchun bojsiz tovarlar olib kirish chegaralari pasayadi