Jizzaxda chiqindilarni qayta ishlash zavodi quriladi

Loyihaga $6,2 mln mablag’ ajratiladi

Jizzaxda chiqindilarni qayta ishlash zavodi quriladi

Janubiy Koreya davlati O‘zbekistonda chiqindilarni qayta ishlash zavodi qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 7−11 oktabr kunlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri o‘rinbosari Iskandar Qutbiddinov Seul shahrida qator mahalliy kompaniyalar va Janubiy Koreya Eksport-import banki bilan chiqindilarni qayta ishlash sohasida hamkorlik qilish yuzasidan muzokaralar olib bordi.

Uchrashuvda, vazirlik rahbari o‘rinbosari Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Koreya Ekologik korporatsiyasi (K-eco) raisi bilan ekologik xavfsizlikni ta’minlash sohasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish va tajriba almashish bo‘yicha kelishuvni amalga oshirdi.

Yakunida tomonlar Jizzax viloyatida chiqindilarni qayta ishlash zavodini qurish uchun umumiy qiymati $6,2 mlnlik 4 yillik grant shartnomasini imzoladilar.

Shuningdek, loyiha doirasida poligonni rekultivatsiya qilish, 300 ming kub metr chiqindini bir joyga to‘plash, tuproq bilan qoplash hamda chiqindixona gazini yig‘ish va piroliz usuli orqali yoqish, elektr energiya ishlab chiqarish uskunalarini (elektrogenerator) o‘rnatish belgilangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan selektordan sarhisob
/
Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan selektordan sarhisob
“Bag’doddonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari savdoga chiqarildi
/
“Bag’doddonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari savdoga chiqarildi
“Toshkent” avtovokzalidan hududlarga qo‘shimcha avtobus qatnovlari tashkil etiladi
/
“Toshkent” avtovokzalidan hududlarga qo‘shimcha avtobus qatnovlari tashkil etiladi