1-avgustdan chiqindi xizmatidan qarzi borlar elektr tokiga to‘lov qila olmaydi

Tartib 2025-yil 1-iyuldan keyingi qarzdorliklar uchun joriy etiladi

1-avgustdan chiqindi xizmatidan qarzi borlar elektr tokiga to‘lov qila olmaydi

O‘zbekistonda joriy yil 1-avgustdan chiqindi xizmatlaridan qarzdorlar uchun elektr to‘loviga cheklov kuchga kiradi. Bu tartib chiqindilar uchun to‘lov intizomini kuchaytirishga doir qonunda belgilangan.

Qonunga asosan, har oyning 3-sanasigacha chiqindi xizmatidan qarzdorlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ billing tizimiga uzatiladi. So‘ngra qarzdor iste’molchilarga har oyning 5-sanasigacha xabarnoma yuboriladi. Ogohlantirish yuborilganidan so‘ng, qarzdorlikni bartaraf etishga besh kun muddat beriladi.

Mavjud qarzdorlik ushbu muddat ichida to‘lanishi lozim. Aks holda elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyati vaqtinchalik cheklanadi. Qarzdorlik bartaraf etilishi bilan cheklov avtomatik olib tashlanadi.

Mazkur tartib 2025-yil 1-iyuldan keyingi chiqindi xizmatlaridan shakllangan qarzdorliklar uchun joriy etiladi.

Hukumat portalida yozilishicha, sanitar tozalash korxonalari chiqindi to‘lovlarini hisoblashda aniqlik va haqqoniylik uchun javobgar. Isteʼmolchilarga o‘z vaqtida va sifatli xizmat ko‘rsatilmagan kunlardagi to‘lovlar qayta hisob-kitob qilinadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Oziq-ovqat mahsulotlari narxlari bir oy ichida 1% ga oshgan — Statistika qo’mitasi
/
Oziq-ovqat mahsulotlari narxlari bir oy ichida 1% ga oshgan — Statistika qo’mitasi
AVO Bankga yangi rahbar tayinlandi
/
AVO Bankga yangi rahbar tayinlandi
O‘zbekistonda dollar kursi tusha boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi tusha boshladi