“Toshkent” fond birjasi “Chilonzor buyum savdo kompleksi” aksiyalari bilan operatsiyalarni vaqtincha toʻxtatdi

Bu emitentning korporativ harakatlarini amalga oshirishi bilan bog‘liq

“Toshkent” fond birjasi “Chilonzor buyum savdo kompleksi” aksiyalari bilan operatsiyalarni vaqtincha toʻxtatdi

“Toshkent” Respublika fond birjasi “Chilonzor buyum savdo kompleksi” AJ aksiyalari bilan operatsiyalarni vaqtincha toʻxtatdi. Bu haqda birja rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Operatsiyalarni vaqtincha toʻxtashi emitentning korporativ harakatlarini amalga oshirishi ya’ni 1:1 nisbatda kapitallashtirish bilan bog‘liq.

To‘xtatib turish “Toshkent fond birjasi”da “Qimmatli qog‘ozlar savdosi qoidalari”ning 1687-1-bandiga muvofiq va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining xabarnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Eslatib oʻtamiz, fond birja aprel oyida“Alskom” sug‘urta kompaniyasi aksiyalari bilan savdolarni to‘xtatgandi. Bu esa split qilish va qo‘shimcha chiqarilish bilan izohlangan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda bank kartalari soni 63,7 mln donaga yetdi
/
O‘zbekistonda bank kartalari soni 63,7 mln donaga yetdi
O‘zbekiston va Qozog‘iston to‘rtta yangi chegara postida kichik yuk mashinalari harakatiga ruxsat beradi
/
O‘zbekiston va Qozog‘iston to‘rtta yangi chegara postida kichik yuk mashinalari harakatiga ruxsat beradi
2025-yil 1-iyuldan ayrim shifokorlarga 25% dan 100% gacha ustama to‘lanadi
/
2025-yil 1-iyuldan ayrim shifokorlarga 25% dan 100% gacha ustama to‘lanadi