20.6.2025 | 16:32
O‘zbekistonda chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni 16 mingdan oshdi
Mamlakatga investitsiya kiritishda Xitoy yetakchilik qilmoqda

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning 1-iyun holatiga 16 ming 405 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ularning 4 ming 087 tasi qo‘shma va 12 ming 318 tasi xorijiy korxonalar hisoblanadi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda 14,3% ga oshgan.
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar davlatlar kesimida quyidagicha:
- Xitoy – 4 ming 068 ta;
- Rossiya – 3 ming 086 ta;
- Turkiya – 1 ming 997 ta;
- Qozog‘iston – 1 ming 136 ta;
- Afg‘oniston – 682 ta;
- Janubiy Koreya – 674 ta;
- BAA – 368 ta;
- Hindiston – 326 ta;
- AQSH – 320 ta.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ