O‘zbekistonda chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi

2026-yil 1-yanvardan $50 ming miqdorida yig‘im to‘laganlar daromad solig‘idan ozod qilinadi

O‘zbekistonda chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi

O‘zbekistonda chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi. Bu haqdagi Prezident farmoni qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan quyidagi shartlarga javob beradigan chet el fuqarolarining O‘zbekiston hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlarini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilishni nazarda tutuvchi chet el fuqarolarining daromadlarini soliqqa tortishning maxsus soliq rejimi joriy etiladi:

  • $50 ming miqdorida maxsus yig‘im to‘lash;
  • O‘zbekistondagi maxsus vakolatli tijorat bankida bank hisobvarag‘ini yoki maxsus vakolatli kripto-birjada kripto-hamyon ochish.

Ketma-ket 12 oylik davr davomida jami 30 kalendar kundan ko‘proq O‘zbekiston Respublikasida haqiqatda bo‘lgan jismoniy shaxslar ular mulk yoki ijara huquqi asosida O‘zbekiston Respublikasi hududida turar joy ko‘chmas mulk obyektiga ega bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
/
Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
/
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi
/
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi