15.8.2025 | 17:05
O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soni 16,4% ga oshdi
Jami 16,6 mingta korxonaning 12,5 mingtasi xorijiy hisoblanadi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-avgust holatiga mamlakatda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 16,6 mingta korxona faoliyat yuritmoqda. Shundan 4,1 mingtasi qo‘shma, 12,5 mingtasi xorijiy korxona hisoblanadi.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan bunday korxonalar soni 16,4% ga oshgan.
Davlatlar kesimida eng ko‘p korxona Xitoyga (4,2 mingta) to‘g‘ri keladi. Keyingi o‘rinlarda Rossiya (3,09 mingta), Turkiya (1,9 mingta), Qozog‘iston (1,1 mingta), Janubiy Koreya (671 ta), Afg‘oniston (622 ta), BAA (369 ta), Hindiston (332 ta) va AQSH (322 ta) joylashgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ